Yevropadagi eng baland tog‘ pasaygani ma’lum bo‘ldi
G‘arbiy Yevropadagi eng baland tog‘ bo‘lmish – Monblan to‘rt yil ichida bir metrga pasaygan, deya xabar berdi France Bleu radiostansiyasi.
Tadqiqotchilar bergan hisobotga ko‘ra, tog‘ning hozirgi balandligi 4807,81 metrni tashkil qilmoqda. 2017 yilda esa Monblanning balandligi 4808,72 metr bo‘lgan.
France Bleu ma’lum qilishicha, geodeziya ekspeditsiyasi 16-18 sentyabr kunlari o‘tkazilgan. O‘shanda mutaxassislar tog‘ balandligi bilan bog‘liq o‘zgarishni tepadagi qor qoplamining kamayishi bilan izohlagan.