Yevropada eng koʻp maosh oladigan murabbiy
“France Football” nashri joriy mavsumda Yevropada eng koʻp maosh olayotgan murabbiylar roʻyxatini eʼlon qildi
“France Football” nashri joriy mavsumda Yevropada eng koʻp maosh olayotgan murabbiylar roʻyxatini eʼlon qildi.
Unga koʻra, Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi, 48 yoshli argentinalik Diyego Simeone yiliga 41 million yevro maosh bilan roʻyxatda yetakchilik qilmoqda.
Keyingi oʻrinda esa mavsum oʻrtasida “Manchester Yunayted”dan isteʼfoga chiqarilgan Joze Mourino bormoqda. U hozir ham “Manchester Yunayted”dan yiliga 31 million yevro maosh oladi. Kuchli uchlikni esa Tyerri Anri yakunlab berdi. U garchi “Monako”dan isteʼfoga chiqarilgan boʻlsada, klub bilan imzolagan shartnomasiga koʻra yiliga 25,5 million yevro maoshga ega.
Eslatib oʻtamiz, Simeone “Atletiko”ni 2011 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.