Yevropa kengashi Prezidentining tashrifi yakunlandi
Mamlakatimizda mehmon bo‘lgan Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel Samarqandga safari davomida “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar”majmuasini tomosha qildi.
Yaqinda foydalanishga topshirilgan va nufuzli xalqaro forum va anjumanlarga mezbonlik qilgan mazkur keng qamrovli turistik markaz va bu yerdagi inshootlar delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi.
Shu bilan Yevropa kengashi Prezidentining yurtimizga tashrifi yakunlandi.






G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA