Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonga taʼlim yordamini kuchaytiradi
Joriy yilning 16-iyul kuni “Yevropa ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarda inson oʻlchovi: yoshlar, almashinuv va yaxshi hayot” mavzusida ekspert video anjuman boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 16-iyul kuni “Yevropa ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarda inson oʻlchovi: yoshlar, almashinuv va yaxshi hayot” mavzusida ekspert video anjuman boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ekspertlarining yevropalik hamkasblari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligi koʻmagida video anjuman tashkil etildi.
Unda Yevropa parlamenti aʼzolari, Yevropa tashqi ishlar xizmati vakillari, Yevropa Ittifoqining qoʻshni mamlakatlar ishlari boʻyicha Kengashi ekspertlari hamda Yevropadagi yetakchi davlatlar, xususan hozirda Yevropa Ittifoqida raislik vazifasini amalga oshirayotgan Germaniya tahlilchilari ishtirok etishdi.
Onlayn-muloqot shaklida oʻtkazilgan uchrashuvda “Yaxshi hayot” va unga erishish uchun zarur boʻlgan uning “tarkibiy qismlari” tushunchalarining Oʻzbekiston fuqarolari, eng avvalo yoshlari tomonidan qabul qilishini masalalari hamda shu munosabat bilan talab etiladigan Oʻzbekiston-Yevropa hamkorligini rivojlantirish yoʻllari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov tadbirni ochib berar ekan, yoshlar siyosati Oʻzbekistonni isloh qilish va yana-da rivojlantirish borasidagi rejalarning asosini tashkil etishini qayd etdi. Soʻnggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bu borada yangi Oʻzbekistonning ichki va tashqi jihatlarini qamrab olgan chuqur tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirildi.
Toshkentda qabul qilinayotgan chora-tadbirlar Yevropa eʼtiboridan chetda qolmayapti, deb hisoblaydi Yevropa Ittifoqining qoʻshni mamlakatlar ishlari boʻyicha Kengashi direktori Samyuyel Vesterbe. Uning qayd etishicha, ayni paytda Oʻzbekiston chuqur islohotlarning muhim bosqichidan oʻtmoqda. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi yangi Kelishuv tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikda muhim bitim boʻlishi lozim. Shu bois, fuqarolik jamiyatlari, inson salohiyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan almashinuvlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kengaytirish tuzilayotgani savdo munosabatlari hamda aholining barcha qatlamlari oʻrtasidagi eng yaxshi oʻzaro munosabatlarning salohiyatini roʻyobga chiqarishga yordam beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining direktor oʻrinbosari Sanjar Valiyev COVID-19 pandemiyasi sharoitida Oʻzbekiston ijtimoiy siyosatida amalga oshirilayotgan muhim jihatlar hamda yoshlarning salohiyatini hisobga olgan holda, inqirozdan keyingi tiklanish boʻyicha hukumatning strategik qarashlarini bayon qildi.
Xususan, ekspert hamkorlik qilishda YEIning salohiyati foydali rol oʻynashi mumkin boʻlgan oʻzbek yoshlarining taʼlim va kasbiy tayyorgarligi sohasidagi bir qator loyihaviy takliflarni taqdim etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining direktor oʻrinbosari video anjuman mavzusiga toʻxtalib, “yaxshi hayot”ni tushunish formulasini 2030-yilgacha boʻlgan davrda qabul qilingan BMT Barqaror rivojlanishning 17 ta global maqsadlariga erishish asosida ishlab chiqishni taklif etdi. U YEI ning Markaziy Osiyo boʻyicha yangilangan strategiyasi va Oʻzbekiston bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim chuqur ishlab chiqilgani, Oʻzbekiston Prezidentining izchil davom etayotgan islohotlari ehtiyojlarini inobatga olgan holda har tomonlama ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. Shu bois, tomonlar ushbu kelishuvlarni izchil amalga oshirishga oʻtishlari lozim.
Yevropa parlamentining aʼzosi Ilxan Kyuchuk Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistonni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. U Yevropa qonunchilik organida Oʻzbekiston boʻyicha maxsus maʼruzachi boʻlgani holda, Bryusselning Markaziy Osiyodagi maqsadlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda eʼlon qilingan oʻzgarishlarni izchil amalga oshirish, mamlakatni YEI da “oʻsib borayotgan sherik” sifatida qabul qilinishiga yordam beradi.
Parlament aʼzosi Yevropada Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar imkoniyatlar taqdim etibgina qolmay, chaqiriqlarga ham toʻla ekani yaxshi bilishadi.
Bryussel bu borada Toshkentni toʻla qoʻllab-quvvatlashga tayyor. YEI ham yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishda insonlar va ularning salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikrni qoʻllab-quvvatlaydi.
Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti prorektori Gulnoza Ismoilova tashqi ochiqlik siyosati va islohotlarni amalga oshirishda yosh avlodning ishtirokiga eʼtiborni qaratar ekan, yoshlar Oʻzbekistonning buguni va kelajagi ekanini taʼkidladi.
Yevropa komissiyasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish boʻyicha Bosh direktorati vakili Machey Madalinskiy yoshlarning qarorlarni qabul qilish jarayonlarida ishtirok etishiga qaratilgan “Umumiy tushunish yoʻlida” yangi dasturini amalga oshirish boshlanganini qayd etdi.
Anjuman yakunida tomonlar kelgusi oylarda Oʻzbekiston va Yevropa parlamenti ekspertlari va jamoatchilik vakillarining chiqishlarini tashkil etish zarurligini qayd etdilar. Uchrashuvda shuningdek, mutaxassislar tomonidan taʼlim va kadrlarni kasbiy tayyorlash boʻyicha hamkorlikni kengaytirishda “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish masalasi ham muhokama qilindi.