Yevropa Ittifoqi Isroilni ogohlantirdi (+video)
– Agar biz voqea joyida haqiqiy va barqaror o‘zgarishlarni, jumladan, G‘azoga kelayotgan insonparvarlik yordam hajmining oshishini ko‘rmasak, Isroilga nisbatan sanksiyalar kuchda qoladi, - deya ta’kidladi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas.
YeI tomonidan Isroilga nisbatan sanksiyalar joriy etish masalasi hali ham ochiqligicha qolmoqda, chunki G‘azo sektoridagi vaziyat shu kungacha o‘nglanmagan. Bu haqda Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi paytida Kaya Kallas ma’lum qildi. Diplomatlar G‘azodagi vaziyatni juda nozik deb baholab, Isroil hukumatiga bosimni kamaytirish mumkin emasligini ta’kidlashmoqda.
Kallasning so‘zlariga ko‘ra, YeIning Isroilga qarshi sanksiyalardan voz kechishi uchun yana bir qator shartlar ham mavjud: ular qatorida jurnalistlar va gumanitar tashkilotlar xodimlarining G‘azoga kirish imkoniyatini ta’minlash, shuningdek, bunga nodavlat tashkilotlarning ro‘yxatdan o‘tish huquqini kafolatlash ham kiradi.
O‘tgan oy Yevroparlament rahbari Ursula fon der Lyayen Isroil davlati bilan hamkorlikni cheklash, uning hukumatidagi ayrim shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etish va Isroil bilan YeI o‘rtasidagi bir qator kelishuvlarni to‘xtatib turishni taklif qilgan edi.
Ekspertlar fikricha, HAMAS guruhining qurolsizlanishdan bosh tortishi otashkesim rejasini xavf ostiga qo‘yadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/y_VCyDAQNlA?si=2IDPgHgu6HXm9qgm" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA