Yevropa Hurmuz bo‘g‘ozi qamali tufayli dori-darmon yetishmovchiligiga duch kelmoqda
“La Tribune” gazetasi yozishicha, Yevropa farmatsevtika sanoati 80 foiz Xitoy va Hindistonga tayanadi. Ayni payt sohadagi ta’minot zanjiri neft va gaz narxi beqarorligi hamda Yaqin Sharq va Osiyo havo yo‘llarida harakat cheklangani tufayli uzilib qolgan.
Maqolada boshqa yuk tashish variantlari qimmatligi, ayrim moddalarni yetkazish chizmasi murakkabligi oxir-oqibat tanqislikka olib kelayotgani ham ta’kidlangan. Bundan tashqari etilen, karbomid va kerosin bevosita Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan kelgan.
Nashr “Coface” sug‘urta kompaniyasi ma’lumotiga tayanib paratsetamol va ayrim antibiotiklarni keltirish ayniqsa xavf ostida qolganini qo‘shimcha qilgan.
S.Rahimov, O‘zA