Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finaliga qur’a tashlandi
Qur’a natijalariga ko‘ra, 1/8 finalda "Lepsig" – "Manchester Siti", "Bryugge" – "Benfika", "Liverpul" – "Real", "Milan" – "Tottenxem", "Ayntraxt" – "Napoli", "Borussiya" Dortmund – "Chelsi", "Inter" – "Portu" hamda PSJ – "Bavariya" jamoalari qarama-qarshiligidagi o‘yinlarga guvoh bo‘lasiz.
Musobaqa nizomiga muvofiq, 1/8 finalining dastlabki o‘yinlari kelgusi yilning 14-15 va 21-22 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvlari esa 7-8 va 14-15 mart kunlari tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionlar ligasining final o‘yini 2023 yilning 10 iyunida Istanbuldagi “Otaturk” o‘yingohida o‘tkaziladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA