Yevro Ittifoqi hududida islohotlar davri boshlanadi
Yevropaning 19 mamlakati moliya vazirlari Yevropa Ittifoqi hududida amal qiladigan valyuda kengashini isloh qilish yuzasidan kelishuvga erishdi.
Yevropaning 19 mamlakati moliya vazirlari Yevropa Ittifoqi hududida amal qiladigan valyuda kengashini isloh qilish yuzasidan kelishuvga erishdi.Bu haqda Bryusselda boʻlib oʻtgan kengash majlisi yakunlari chogʻida maʼlum qilindi.
Yevropa guruhi raisi Mario Sentenoning qayd etishicha, islohotlar, avvalo, byudjet sohasiga taalluqli boʻladi. Ayni paytda Germaniya Yevropa byudjetida yangi islohotlarni amalga oshirish boʻyicha oʻz takliflarini taqdim etgan.
Yevropa Ittifoqining iqtisodiy va moliyaviy masalalar boʻyicha komissari Pyer Moskovisi iqtisodiyot va pul siyosatini bosqichma-bosqich mustahkamlash orqali Ittifoqqa aʼzo davlatlar rivojlanishga erishish mumkinligini taʼkidlab oʻtgan.
– Hozirgi kunga qadar sohada jiddiy yangiliklar amalga oshirilgani yoʻq. Biroq bu uzoq va mashaqqatli yoʻlda qator muhim kelishuv rejalari ishlab chiqilgan. Kelgusi sammitda ushbu rejalar taqdim etilishi va tasdiqlanishi belgilangan. Kelishuv shartnomalarida muhim masalalar qatori, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning byudjet siyosatini isloh qilish masalalari ham koʻrsatib oʻtilgan, – deydi Pyer Moskovisi.
Yakuniy qarorni tasdiqlash uchun tashkil etiladigan sammit joriy yilning 13-14 dekabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan, deyiladi “euronews” xabarida.