Yevro-2020: Kubok Rimga yo‘l oldi
Bundan bir oy muqaddam katta hayajon va shov-shuvlar bilan boshlangan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati va nihoyat yakunlandi.
Kecha tunda ko‘hna qit’a futbolida barchasidan omadli bo‘lgan Angliya va Italiya jamoalari Londondagi “Uimbli” stadionida bu galgi Yevropa kubogining sohibini aniqlash uchun maydonga tushdi.
Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlardagi durang(1:1)dan keyingi penaltilar seriyasida italyanlarning qo‘li baland keldi.
Pandemiya tufayli kechiktirib o‘tkazilgan Yevro-2020ning finalida Italiya terma jamoasi penaltilar bo‘yicha 3:2 hisobida g‘oliblikka erishdi.
Shunday qilib, Yevro-2020ning “estafetasi” yakunlandi. Italiya futbol tarixida 53 yildan keyin ikkinchi bor Yevropa chempioni maqomiga sazovor bo‘ldi va g‘oliblik kubogini Londondan Rimga olib ketdi.
T. RO‘ZIEV