Yetakchilar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatda yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.
Uning birinchi asosiy vazifasi mahallalarda “Yoshlar balansi”, “Yoshlar daftari” ni shakllantirish va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish etib belgilandi.
bugungi kunda mahallalarda “Yoshlar balansi” ni shakllantirish maqsadida har bir xonadonga kirgan holda yoshlar muammolarini o‘rganish orqali xatlov jarayonlari olib borildi. Xatlov jarayonlarini shaffof hamda samarali olib borilishi uchun “Yoshlarbalansi.uz” elektron bazasi ishga tushirildi. Buxoro viloyati bo‘yicha jami 1 million 35 ming 535 nafar (0-30yosh) yoshlardan 380 ming 666 nafar yoshlarning ma’lumotlari elektron bazada shakllantirildi. Shundan, 218 ming 488 nafari 16-30 yoshdagilarni tashkil qiladi. Viloyatda jami 544 mahalla mavjud. Barcha mahalla yetakchilarini moddiy texnika bilan ta’minlash maqsadida tuman (shahar) hokimliklari hamda yoshlar ishlari agentligi tomonidan zamonaviy planshetlar, kompyuter jamlanmalari topshirildi.
– Yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda maktabdan tashqari, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli yo‘nalishlarda tanlovlar, musobaqalar o‘tkazib kelmoqda, – deydi Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot va media bo‘yicha mutaxassisi Zarnigor Shukurova. – Shuningdek, “Bir nuroniyga o‘n nafar yosh”, “Keksa avlod uchrashuvlari” kabi loyihalar doirasida aksiyalar tashkil etildi. Bundan tashqari mamlakatimizda yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularni rag‘batlantirish maqsadida IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ballni qo‘lga kiritgan yoshlarimizga kompensatsiyasi mablag‘lari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to‘lab berilmoqda.
Buxoro shahridagi Yoshlar markazida yoshlar uchun imkoniyatlar yaratish ularni qiziqishlaridan kelib chiqib bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish maqsadida robototexnika, IT markazlari faoliyatini boshlagan. Qolaversa imkoniyati cheklangan, jismoniy nuqsonlari bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish, boshlang‘ich ta’limini yo‘lga qo‘yish uchun Inklyuziv markaz ham faoliyat olib bormoqda.
[gallery-6592]
Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA