Keyingi yillarda avtomobil yo‘llarida transport vositalari soni keskin oshib borayotgani, kuzatilayotgan tirbandliklar, haydovchi va piyodalar duch kelayotgan muammolar soha mas’ullari zimmasiga muayyan vazifalarni qo‘ymoqda.

Avvalo, xavfsiz va ravon yo‘l qurish, talabga mos yo‘l o‘tkazmalarini barpo qilish, yo‘llarda qayd etilayotgan baxtsiz hodisalar sonini keskin kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Buxoro viloyatida gavjum va tirband ko‘chalarda yerosti piyodalar o‘tish yo‘llari qurilmoqda.  

Jumladan, joriy yilda Buxoro shahrining G‘ijduvon shoh ko‘chasida, “Karvon” buyum bozori oldida, xuddi shunday, “M-37” avtomagistralining Buxoro shahri atrofidagi Rabotak aholi punktida zamonaviy, qulay va asosiysi, xavfsiz yerosti piyodalar o‘tish yo‘llari barpo etildi. Galaosiyo shahridagi “Markaziy dehqon bozori” oldida ham xuddi shunday xavfsiz yo‘l inshooti qurilmoqda. Mazkur inshootlarning har biri uchun davlat byudjeti hisobidan 5-6 milliard so‘m atrofida mablag‘ sarflanmoqda.  

Buxoro viloyati Romitan tumani yo‘lsozlar jamoasi tomonidan shu kunlarda viloyat markazining Bahouddin Naqshband ko‘chasida, respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali oldida xuddi shunday yerosti yo‘li barpo qilinmoqda.  

Mutaxassislar ta’biri bilan aytganda, “91-D” rusumli avtomobil yo‘lining 0,3-kilometrida qurilayotgan bu inshoot uzunligi avtomobil yo‘li ko‘ndalang kesimi bo‘ylab 30 metrga, eni 4,5 metrga va balandligi 2,5 metrga teng. Loyiha umumiy qiymati 6,3 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Bu yerda Romitan yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasining 20 dan ortiq ishchi-mutaxassisi va o‘ndan ortiq transport va mexanizmi kuchidan unumli foydalanilmoqda. Inshoot joriy yilda foydalanishga topshiriladi.  

Shu kecha-kunduzda viloyat markazining Islom Karimov hamda Bahouddin Naqshband ko‘chalari kesishmasi, “Vokzal” chorrahasi oldida ham yerosti piyodalar o‘tish yo‘lini qurish ishlari boshlangan.  

Viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro shahrining qoq markazi aynan Buxoro yuridik kolleji oldidagi chorraha kuniga 15 mingtagacha transport vositasini o‘tkazish quvvatiga ega. Keyingi oylarda yo‘llarda avtoulov soni keskin ko‘paygani hisobidan bu ko‘rsatkich kuniga 30 mingtadan oshmoqda. Shu sabab bu joyda yerosti piyodalar o‘tish yo‘liga qurilmoqda.  

[gallery-13238]

Eng ko‘p tirbandlik qayd qilinayotgan bu manzildagi loyiha amaliyotini esa pudratchi tomoni  – Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi o‘z zimmasiga olgan. Uzunligi 40, kengligi 4 va balandligi 2,3 metrga teng bo‘lgan mazkur tunnel loyihasining moddiy qiymati 6 milliard so‘mni tashkil etmoqda.  

Soha mutasaddilari, bevosita mas’ul idoralar tomonidan viloyat markazining Buxoro davlat universiteti, Buxoro Muhandislik texnologiya instituti, “Buxoro markaziy dehqon bozori” kabi gavjum va tirbandliklar oshib borayotgan hududlarida ham yerosti o‘tish tunnellarini barpo etish rejalashtirilgan.  

Zarif Komilov,

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerosti o‘tish yo‘llari qulay va xavfsiz