Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo‘limlari inspektorlari tomonidan 2021 yilda 1403 ta 33,74 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olish holati aniqlangan.
O‘zboshimchalik bilan yerlarni egallab olish ishlari tahlil qilinganda, uy-joy qurish uchun 293 ta 9,20 gektar, noturar joy qurish uchun 1017 ta 10,43 gektar, dala tomorqa va boshqa maqsadlar uchun 93 ta 14,10 gektar yer maydoni egallangan. Ushbu yer qonun buzilish holatlarining 360 tasi 11,10 gektar yer maydonidagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan joylar bartaraf etildi.
Shuningdek, ushbu qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga 1403 ta ogohlantirish xati, tuman shahar hokimliklariga, vakolatli idora va tashkilotlarga 1 ming 124 ta taqdimnoma kiritilgan. Hozirgi kunda yerga oid qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish uchun tegishli idora va tashkilotlarga ma’lumotlar taqdim etilgan.
Ma’lumot uchun, yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lganda fuqarolar qonuniy yo‘l – e-auksion.uz onlayn savdo maydonchasi orqali bo‘sh yer uchastkalarini sotib olishi kerak bo‘ladi.
Hozirgi kunda Sirdaryo viloyatida 1428 ta 66 gektar bo‘sh yer uchastkalari e-auksion.uz savdo maydonchasiga qo‘yilgan.
Sh.Suyarov, O‘zA