Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning tasarrufidagi tuman va shahar bo‘limlari tomonidan yer maydonlaridan samarali foydalanish va ularning talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Mazkur nazorat tadbirlari davomida aniqlangan o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar belgilangan tartibda o‘z holatiga qaytarilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 7 sentyabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga muvofiq, Buxoro viloyatida ham yer resurslaridan samarali foydalanish, muhofaza qilish va yer munosabatlari sohasida qonuniylikni ta’minlash maqsadida doimiy o‘rganishlar hamda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

–Boshqarmamiz va uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga chek qo‘yish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Yer va kadastr nazorati sho‘’basi bosh mutaxassisi Abdukarim Toyirov. – Asosiy e’tibor yer to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. O‘tkazilayotgan monitoring va nazorat tadbirlarida qonun buzilishlarni oldini olish, bunday holatlarning bartaraf etilishi va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi ta’minlanmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 319 holatda 24,9 gektar yer maydoni fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.  

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yilning o‘tgan davrida 87 holatda 6 gektar o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni avvalgi holatiga qaytarilgan. 175 holatdagi 6,3 gektar yer maydoni bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilgan. Sug‘oriladigan yerlarda noqonuniy qurilish ishlari olib borgani uchun 29 ta holatda 1,7 gektar yer maydoni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qo‘shma tartibda prokuratura organlariga yuborilgan. Xususan, qonunga zid eng ko‘p yer maydonlari o‘zlashtirilgan G‘ijduvon tumanida 13 ta, Kogonda 7 ta, Buxoro tumanida 5 ta va Shofirkonda 3 ta holat bartaraf etilib, yerlarni talon-taroj qilishga barham berilgan.

Yer munosabatlarida aniqlangan qonun buzilishlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan 861 nafar shaxsga uch milliard so‘mdan ziyod jarima qo‘llanilib, hozirgacha uning bir milliard so‘mdan ortig‘i undirilgan.

Joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Amaldagi qonunlarga ko‘ra, davlat mulki bo‘lgan yerdan oqilona foydalanish va talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligini aslo unutmaslik lozim.

Zarif Komilov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘yilmaydi