Yerni noqonuniy egallaganlarga chora ko‘rilmoqda
Ma’lumki, Oliy Majlis Senatining joriy yil 27 avgustdagi yalpi majlisida qabul qilingan qarorga ko‘ra, Toshkent viloyati Zangiota tumanidan Toshkent shahar Sergeli tumaniga 1827,10 gektar, O‘rta Chirchiq tumanidan Bektemir tumaniga - 1134,2 gektar, Yuqori Chirchiq tumanidan Bektemir tumaniga 490 gektar va Qibray tumanidan Mirzo Ulug‘bek tumaniga 2 294,6 gektar hamda Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga 2 107,4 gektar yer maydoni o‘tkazilgan edi.
Poytaxtimiz hududi umumiy 43 ming 858,23 gektarni tashkil etmoqda.
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, qo‘shilgan hududlarda xatlov ishlari o‘tkazilganda noqonuniy egallangan yerlar ham borligi aniqlangan.
Xatlov natijasida jami 368 ta holatda 77,8 gektar noqonuniy egallangan yer aniqlangan. Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA