Xalqimizda “Yer boyligi – el boyligi” degan ibora bor. Darhaqiqat, buning zamirida yerning chin ma’noda xazina ekani yotadi. Ammo bu xazinani o‘zboshimchalik bilan egallash, turli noqonuniy qurilishlar qilib, o‘z boshiga va jamiyatga turli muammolar tug‘dirish yaramaydi. Chunki shahar “bedarvoza emas”.

Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari fuqarolar tomonidan yerni noqonuniy egallab olish holatlarini tahlil qilib, choralar ko‘rib borilmoqda.  

Birgina Sirdaryo viloyati misolida oladigan bo‘lsak, joriy yil 9 oy davomida viloyat bo‘yicha jami 664 ta jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 337 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, shundan 53 ta holatda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar sodir etilgan bo‘lib, tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan.  Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, aholi punktlari yerlaridan 508 ta holatda 40 gektar yer o‘zboshimcha egallab olinganligi aniqlangan. Achinarli tomoni — negadir fuqarolar hujjatsiz egallab olgan yerlarga o‘ylamasdan katta-katta sarf-xarajat qilishadi.  

Aniqlangan mana shunday holatlar bo‘yicha viloyatda 664 nafar fuqaroga yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olgani va qurilgan imoratlarni o‘z hisobidan bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xatlari yuborilgan va noqonuniy qurilmalar buzdirilgan. Shuningdek, 76 ta holatda 168 gektarda noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalar kiritilib qanoatlantirilib borilmoqda. Bundan tashqari, viloyatda tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan yer maydonidan jami 776 gektar yer maydonidan maqsadsiz foydalanish holatlar aniqlangan va da’vo arizalari orqali choralar ko‘rilgan. Bu yil ayni vaqtga qadar yerdan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya va kartografiya hamda davlat kadastrlarini yuritish sohasida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida huquqbuzarga nisbatan jami 4,5 milliard so‘mga yaqin ma’muriy javobgarlik qarorlari qabul qilingan. Shundan 62 nafar yuridik shaxs, 1 mingdan ziyodi jismoniy shaxslardir.

Qarzlarning 1 milliard so‘mdan ko‘pi undirilgan. Majburiy ijro byurosiga yuborilgan 51 ta holatdagi jarimani undirish choralari ko‘rilmoqda.

Birgina Sirdaryo viloyati misolida aniqlangan holatlar va sohada amalga oshirilgan ishlar ko‘lamini kuzatar ekanmiz, yer barcha uchun qadrli ne’mat bo‘lishi bilan birga, ayni damda uning har qarichi hisobli ekanini unutmasligimiz lozim.  

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerni noqonuniy egallab olish holatlari tahlil qilinib, choralar ko‘rilmoqda