Yerni boqsang, yer seni boqadi! (+video)
Arnasoy tumani «Chinobod» mahallasida istiqomat qilayotgan Bahrom Ibodullayev o‘z mahallasidagi yoshlarga yaxshigina o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
U yoshlar yetakchisi ko‘magi bilan 30 yilga ajratilgan yerdan unumli foydalanib, yuqori daromad qilish uchun mehnat qilmoqda.
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining joriy yil 5 apreldagi «Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ishsiz yoshlarga yer maydonlari ajratib berilmoqda.
– Chetga chiqib, xorijda topayotgan pulni shu yerda ham topsa bo‘ladi,–deydi Bahrom Ibodullayev. – Faqat ozgina harakat va mehnat qilish kerak! Yerga qanchalik e’tibor berilsa, hosil ham shunga yarasha bo‘ladi.
Qahramonimiz bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning You Tube sahifasida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/PcXHOHnkgXQ?si=XK6vkK4k6ZagK0hz" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
O‘zA