Kadastr agentligi tomonidan “Ye-yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqildi. Mazkur tizim vazifalari, uning aholi uchun qulay bo‘lgan tomonlari xususida Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Toshxo‘jayev quyidagilarni ma’lum qildi.

– Prezidentimizning 2020-yil 7-sentyabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq joriy qilingan ushbu tizim ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik, umuman, mamlakatimizda yer qonunbuzilish holatlarini aniqlash va bartaraf etishda samarali davlat nazoratini amalga oshiradi.  

Ushbu dastur nazorat tadbirlarini amalga oshirishda ortiqcha qog‘ozbozlik hamda ehtimoliy korrupsion harakatlarning oldini olish, yer qonunbuzilish holatlarini aniqlashdan to bartaraf etishgacha bo‘lgan jarayonlarni monitoring qilib borish hamda yerga oid qonunbuzilishlar va ularni bartaraf etilishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan elektron hisobini yuritish kabi vazifalarni bajaradi.  

Shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, yerlardan maqsadsiz foydalanish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z muddatida murojaat qilmaslik holati bo‘yicha manzilli ma’lumotlar bazasini yaratish kabi imkoniyatlarni beradi.  

Kadastr agentligi tomonidan Toshkent shahrida davlat yer nazorati tadbirlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan 48 ta maxsus planshetlar yer nazoratchi inspektorlarga yetkazildi. O‘z navbatida ushbu moslamalardan to‘g‘ri foydalanish tartibini xodimlarga tushuntirish va amaliyotda qo‘llashni o‘rgatish yuzasidan amaliy-o‘quv seminari ham tashkil etildi.  

Joriy yilning 1-martidan e’tiboran Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sinov tariqasida nazorat tadbirlarini planshetdan foydalanib, yer qonunbuzarlikni joyining o‘zida elektron rasmiylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi.  

Bugungacha barcha hujjatlashtirish ishlari qog‘ozda amalga oshirilib, ayrim hollarda bu ovoragarchilikka sabab bo‘lgan. Endilikda esa kadastr inspektorlari mazkur qurilma orqali yer qonunbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritib, elektron ko‘rinishda ma’muriy bayonnomani o‘sha joyning o‘zida rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘ldi.  

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, “Ye-yer nazorat” AAT dasturi yordamida ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilib, huquqbuzarliklarni bartaraf etish muddati qisqardi va idoralararo hujjat almashish tezkorligi oshirildi. U shuningdek, mutaxassislarga yer holatini kosmik suratlar yordamida nazorat qilib borish, noqonuniy qurilish yoki qurilishdagi qonunbuzarliklarni erta aniqlash imkonini bermoqda.  

Ma’lumki, qonunchilikda yer qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslar uchun jazo muqarrarligi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Chunki, Yer – umummilliy boylik, eng muhim tabiiy resurslardan biri. Shuning uchun ham bu ne’matdan samarali va belgilangan maqsadda foydalanish zarur. Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham shunga yarasha kuchli bo‘ladi.  

Shu o‘rinda, hurmatli poytaxtimiz fuqarolari va tadbirkorlaridan yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishlarini, huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklarini yana bir bor so‘rab qolamiz. 

Bu orqali ular o‘zlarini turli asabbuzarlik, ovoragarchilikdan, ortiqcha xarajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asraydi. Eng asosiysi, ko‘ngilsiz holatlarning oldi olinishiga erishiladi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerga oid qonunbuzarliklar holati maxsus planshet orqali elektron tartibda rasmiylashtirilmoqda