Bahor faslida kunlar isishi bilan dalalarda dehqonchilik ishlari boshlab yuboriladi. Bahorning har bir kunini g‘animat bilgan dehqon borki, yerga urug‘ qadaydi. Maqsadi mo‘l hosil olish. Shu kunlarda barcha hududlarda yerga chigit ekish ishlari boshlab yuborilgan.

Navoiy viloyatida ham ushbu mavsumni qisqa kunlarda yakunlash maqsadida chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, joriy yil paxta hosili uchun 24 ming 730 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan.

Ayni paytda viloyatning Karmana, Navbahor, Qiziltepa, Xatirchi va Konimex tumanlarida yerga chigit qadalmoqda.

– Joriy yilda o‘tgan yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan xulosa chiqargan holda chora-tadbirlar belgilab olganmiz, – deydi viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi paxtachilik bo‘limi boshlig‘i Sherbek Pardayev. – Chigit ekish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Paxtachilik kengashi tavsiyasiga asosan 10 ming 416 gektar maydonga Xitoyning Shinjon texnologiyasi asosida 76/10 sxemalik qo‘shqator usulda chigit ekilmoqda. Uning 4 ming 946 gektariga mahalliy, 5 ming 470 gektariga xorijiy navlar joylashtiriladi. Qolgan 14 ming 314 gektar maydonga 90 santimetrlik sxemadan voz kechgan holda 76 santimetrlik oraliqda chigit ekiladi. 

Albatta, bahorning har bir kunini g‘animat bilgan fermerlar bugun chigit qadash bilan band. 

Ayni paytda Qiziltepa tumanida ham bahorgi dala yumushlari boshlab yuborilgan. Tumanning O‘rta cho‘l hududi iqlimi jihatdan boshqa hududlardan tubdan farq qiladi. Bu yerga bahor erta keladi. Shu boisdan dala yumushlari barvaqt boshlanadi. Natijada esa hosilni yig‘ishtirib olish ishlari ham boshqa hududlarga qaraganda10-15 kun avval bajariladi.

“Valiobod” fermer xo‘jaligi nafaqat tuman va viloyatda, balki respublikada ham ilg‘or xo‘jaliklardan biri sanaladi. Unga “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi Ra’no Valiyeva rahbarlik qiladi. Opa har yili g‘alla va paxtachilikda mo‘l hosil olib, o‘z maktabini yaratgan. Joriy yilda fermer xo‘jaligida 24 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan.

 – 2024 yilda 52 gektar maydonda bug‘doy, 31 gektar maydonda paxta yetishtirgan edik, – deydi R.Valiyeva. – G‘allachilikda ham, paxtachilikda ham mo‘l hosil oldik. Bunga sabab ishchilarimizga barcha sharoitlarni qilib berganmiz. Natijada manfaatdorlikni his qilgan fermer xo‘jaligimiz a’zolari hamjihatlikda mehnat qilib, barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib boradi. O‘z vaqtida qilingan mehnat esa har doim samarasini bergan. Bu yil esa chigitning S-01 va Buxoro-10 navini ekdik. Bu navlar iqlim sharoitimizga mos keladi va undan har yili mo‘l hosil olib kelyapmiz.

Mutaxassislarning fikricha, chigit belgilangan muddatlarda ekilsa ertagi, bir tekis va sog‘lom ko‘chat olinadi. Bunga urug‘ yumshoq, nam va harorati yetarli bo‘lgan tuproqqa qadalganida erishiladi.

Ayni paytda viloyatda paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi tumanlarda chigit ekish bilan birgalikda yerni tayyorlash ishlari ham olib borilmoqda. Viloyatda mavsumni sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash uchun barcha choralar ko‘rilgan.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerga chigit qadash ishlari olib borilmoqda