Bugungi kunda yurtimizda yerdan samarali foydalanish va noqonuniy qurilishlarning oldini olish hamda bartaraf qilish borasida keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi yer va kadastr nazoratchilari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning 84 ta holatda 4,2 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallashi yoki noqonuniy qurilish qilish holatlari aniqlangan. 

– Mazkur qonunbuzilishlarning 35 ta holatida o‘zboshimchalik bilan egallangan 1,5 gektar yer maydonida aniqlangan noqonuniy qurilish inspektorlarimiz tomonidan bartaraf qilinib, yer maydoni o‘z holatiga qaytarilishi ta’minlandi, – deydi boshqarma boshlig‘i Doniyor Nishonov. – O‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha sudlarga 5 ta da’vo arizasi kiritildi. 2023 yil davomida davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonun hujjatlarini buzgan 175 nafar mansabdor va jismoniy shaxsga nisbatan 964 million 240 ming so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan. 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 2-qismi bilan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan, ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish holatlari bo‘yicha 68 ta, 60-modda 3-qismi bilan esa o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirganligi uchun 11 ta holatda ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. 

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, tegishli organlar bilan kelishmay turib ob’ektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish holatlari ham uchrab turibdi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerdan oqilona foydalanish zarur