Yer umummilliy boylik hisoblanib, eng muhim tabiiy resurslardan biridir. Shu sababli yerdan oqilona foydalanish, uning har bir qarichini samarali va belgilangan maqsadda ishlatish zarur. Yerlardan samarali foydalanish va noqonuniy qurilishlarning oldini olish va bartaraf qilish Kadastr agentligining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Navoiy viloyatida ham yerdan noqonuniy foydalanishning oldini olish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Kadastr agentligi Karmana tumani bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida 82 ta holatda 2,07 gektar yer maydoni fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi. Bu bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ularning har biriga ogohlantirish xati berildi. 

– Aniqlangan holatlar yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida 79 ta holatda 2,04 gektar yer maydonining tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi. 3 ta holatda esa 0,03 gektar bo‘sh yer maydonini zaxiraga qaytarish chorasi ko‘rilmoqda, – deydi agentlikning tuman bo‘limi boshlig‘i Nuriddin Hamzayev. – Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan yerdan noqonuniy foydalanganligi va davlat ro‘yxatidan o‘tmaganligi uchun 171 nafar jismoniy va yuridik shaxsga 917,3 million so‘m jarima qo‘llanilgan.

Ayni paytda bo‘lim o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va rejalari asosida noqonuniy yer egallashning oldini olish choralarini ko‘rmoqda. O‘tgan davr mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan 43 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ular tegishli tartibda o‘rganilib, qonuniy hal etilmoqda

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerdan noqonuniy foydalanishning oldi olinmoqda