Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida Jizzax viloyatida yer va kadastr nazorati yo‘nalishida qonunchilik talablarini ta’minlash, fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish hamda korrupsiyaga qarshi tizimli kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Kadastr agentligi xodimlari tomonidan yer maydonlaridan maqsadli foydalanish va o‘zboshimchalik holatlarini oldini olish maqsadida doimiy nazorat ishlari olib borildi. Davlat yerlaridan foydalanish holati o‘rganilganda, 3526 ta holatda 264,9 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi. O‘tkazilgan tushuntirish ishlari natijasida 1612 ta holat bartaraf etildi, 256 ta ish sud organlariga, 31 ta holat esa jinoyat alomatlari mavjudligi sababli prokuratura organlariga yuborildi. Shu bilan birga, 1603 nafar huquqbuzarga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlari sohasida 12 ming 694 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 7255 tasi ijobiy hal etildi, 5068 ta murojaat turli sabablarga ko‘ra rad etildi. Eng ko‘p murojaat Jizzax shahridan, eng kam murojaat esa Yangiobod tumani aholisidan kelib tushgani qayd etildi. Shuningdek, ko‘chmas mulk va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 18 ming 795 ta ariza qabul qilinib, 12 ming 237 tasi ijobiy hal etildi, 6 mingdan ortiq murojaat rad etildi. 919 ta ipoteka shartnomasi ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

[gallery-24546]

2024 yilning 8 noyabridan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun asosida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va qurilgan inshootlarni huquqiy e’tirof etish yuzasidan viloyatda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlab yuborilgan. 

– Joriy yil davomida 101 ta mahallada xatlov rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib 114 ta mahallaning chegaralari “Uzkad” tizimida shakllantirildi, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Qodirqulov. – Ushbu hududlarda 26 ming 647 ta ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha xatlov ishlari amalga oshirildi. Jami xatlovdan o‘tkazilgan ob’ektlar soni 25 ming 733 tani tashkil etdi. Ulardan 23 ming 300 tasi “Uzkad”ga, 12 ming 711 ta ob’ekt “E’tirof” axborot avtomatlashtirilgan tizimiga kiritildi, 10 ming 943 ta ob’ekt esa hali muhokama jarayonida.

Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida hisobot davrida tizim xodimlari o‘rtasida 67 marta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. 

Mehnat va ijro intizomi bo‘yicha 4 nafar xodimga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilgan, 32 nafar xodim bilan profilaktik ishlar amalga oshirilgan. Korrupsiya bilan bog‘liq 4 ta holat yuzasidan materiallar prokuraturaga yuborilgan.

Joriy ko‘rsatkichlar Jizzax viloyatida yer va ko‘chmas mulk sohasida qonuniylikni ta’minlash, aholining mulkiy huquqlarini rasmiylashtirish va himoya qilish bo‘yicha ishlar izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer va mulk yuzasidan nazorat ishlari kuchaytirildi