Keyingi yillarda mamlakatimizda kadastr sohasini tubdan takomillashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tizimda zamonaviy axborot kommunikatsiyalari joriy etilib, ko‘chmas mulk va yer hisobini yuritish hamda nazorat qilishda raqamlashtirish jadallashtirildi. Bugungi kunda Kadastr agentligi tomonidan yer va kadastr nazorati kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

– Yer ajratishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilinayotgan bir paytda, afsuski, uni talon-toroj qilish, o‘zboshimchalik bilan egallab olish kabi holatlar ham uchrab turibdi, – deydi Kadastr agentligi Guliston shahar bo‘limi boshlig‘i Zarif Matmusayev. – Xususan, Kadastr agentligining Guliston shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan shaharning "Nurafshon" MFY hududida yer va kadastr nazorati tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida bir nechta holatda yer qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, fuqaro tomonidan "Nurafshon" MFY, A.Ikromov ko‘chasidagi uyga tutash bo‘lgan 900 kv.m yer maydoni tegishli hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. beton poydevor quyib, devor qurib, o‘rab olgan va bugungi kunga qadar tomorqa sifatida foydalanib kelgan.

Yana bir holatda boshqa bir fuqaro ham "Nurafshon" MFY F.Xo‘jayev ko‘chasidagi yashash xonadoniga tutash bo‘lgan 600 kv.m. yer maydonini hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan egallab olgan. So‘ng 225 kv.m. yer maydoniga qozonxona uchun noturar bino va beton poydevor quyib, devor qurib, o‘rab olgan. Mazkur noqonuniy holatlar kadastr agentiligi Guliston shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan tegishlicha o‘rganib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining hamda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan qonunbuzarlarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Noqonuniy qurilmalarni o‘z hisobidan ixtiyoriy ravishda to‘liq bartaraf etib, yer maydonini o‘z holatiga qaytarish uchun ogohlantirilgan. Fuqarolar to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘z hisobidan noqonuniy devorlarni bartaraf etdi va yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarildi.

Eslatib o‘tish joiz,  hududlarda zamonaviy texnologiyalar, kosmik suratlar va  dronlar yordamida yurtimiz bo‘ylab yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurish holatlari aniqlanmoqda.

A.RUSTAMOV,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer va kadastr nazorati kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda