Yer – umummilliy boylik, eng muhim tabiiy resurslardan biri. Shuning uchun ham bu ne’matdan samarali va belgilangan maqsadda foydalanish hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.

Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining tuman Yer va kadastr nazorati bo‘limlari inspektorlari tomonidan poytaxt tumanlarida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurilishini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.  

– Joriy yil boshidan buyon oktyabr oyi oxiriga qadar poytaxtimizning Shayxontohur tumani bo‘yicha aholi yashash manzillarida jami 281 ta holatda (3.27 gektar) yer qonun buzilishi holatlari aniqlangan, – deydi Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Shayxontohur tumani bo‘limi boshlig‘i Sardor Toshxo‘jayev. – Bu bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslarning har biriga ogohlantirish xati berildi. Jumladan, 182 ta holat bo‘yicha ma’muriy choralar ko‘rildi, 55 nafar shaxs huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etganligi sababli javobgarlikdan ozod qilindi.  

O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksining 60-modda 2-qismiga asosan, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Mazkur huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.  

Joriy yilning 10 oyi davomida tuman hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 138 ta holatda (1.07 gektar) yer maydonlari fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi aniqlangan. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 59 ta holatda 0.36 gektar yer maydoni fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, asl holatiga qaytarilishi ta’minlangan. Qolgan 79 holat yuzasidan sud tartibida ko‘rib chiqish uchun sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan. Yer bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishda aholining huquqiy savodxonlik darajasini yuksaltirish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini muntazam tashkil etish juda muhim. Shu bois, hududlarda olib borilayotgan nazorat tadbirlarida aholimizga yerdan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlarining huquqiy oqibatlari ham tushuntirib borilmoqda.  

Agar fuqarolarimiz o‘z haq-huquqlari bilan birga, burch va majburiyatlarini ham yaxshi anglasa, yer qonun buzilishi holatlarining sezilarli ravishda kamayishiga erishiladi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga chek qo‘yilmoqda