Keyingi besh yilda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq 20 dan ortiq normativ huquqiy hujjat qabul qilindi.

Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazishga oid Prezident farmoni bilan o‘zboshimchalik bilan qurilgan 620 ming 976 ko‘chmas mulkka nisbatan egalik huquqi berildi.  

Yer uchastkalarini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytirilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Jinoyat kodekslariga yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yilganlik uchun javobgarlik masalasi og‘irlashtirildi.  

Biroq shunga qaramay mulkni buzish bilan bog‘liq muammolar uchragan. Jumladan, 846 holatda ko‘chmas mulk ob’ektlari ularning mulkdorlari xabardor etilmagan holda buzib tashlangan, 1 ming 388 holatda mulkdorlarni xabardor qilish muddati buzilgan, 1 ming 244 holatda ko‘chmas mulk ob’ektlari baholanmagan holda, 430 ta ko‘chmas mulk ob’ekti tegishli kompensatsiya berilmagan holda buzib tashlangan.  

Adliya organlariga mulk huquqi buzilishiga oid 2019 yilda 626, 2020 yilda 88, 2021 yilda 3 ta shikoyat kelib tushgan.  

Adliya vazirligi tomonidan mulk huquqini himoya qilish borasida keyingi besh yilda amalga oshirilgan ishlar, yangi tartiblar va kutilayotgan natijalar bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z bordi.  

Anjumanda “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi.    

Mazkur qonun loyihasida yer uchastkasi olib qo‘yiladigan holatlarning qat’iy ro‘yxati, mulkdorlar bilan avvaldan muhokama va rozilik olish tartibi, uy-joyni bo‘shatib qo‘yish muddati (kompensatsiya to‘langandan keyin 6 oygacha), noqulaylik uchun mulk qiymatining 5 foizi to‘lovi, to‘lov kechiktirilganda indeksatsiya qilish, kompensatsiyaga turar joy berishda ijtimoiy normani hisoblash, mulkni erkin tasarruf etishiga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilmoqda.  

Ta’kidlash joizki, Adliya vazirligi tomonidan har yili “Inson huquqlari – oliy qadriyat” aksiyasi doirasida inson huquqlarini ta’minlashning turli yo‘nalishlarida tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, vazirlik tomonidan doimiy ravishda mulk huquqlari kafolatlari ta’minlanishi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda. 

Natijalarga ko‘ra, yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan 3 ming 908  holatda fuqarolarning uchastkalarini olib qo‘yishda qonun hujjatlariga rioya etilmagan. Yer uchastkalarining olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorlarga 486 milliard 512 million so‘m kompensatsiya mablag‘i to‘lab berilgan, 273,8 gektar yer uchastkalari ajratilgan.  

Amalga oshirilgan ishlar natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va hukumatga tegishli takliflar kiritib borilmoqda.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga olib qo‘yish tartibi qonunlashtiriladi