Adliya vazirligi tomonidan davlatimiz rahbarining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Farmon asosida 2024 yil 1 martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn-auksion savdolarini joriy etish belgilangani qayd etildi.  

Bunda, ijara muddati – 30 yil, boshlang‘ich narx – yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi.

Auksion g‘oliblariga yer narxini 3 yilga, “daftarlar”da turgan fuqarolarga esa – 5 yilga foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.  

Ochiq elektron tanlovga chiqarilib, g‘olib aniqlanmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari avtomatik ravishda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.  

2024 yil 1 martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat etiladi.  

Bunda shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlar yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda o‘tkaziladi.  

Ijaraga oluvchi yerga ijara huquqini o‘tkazishdan oldin undan kamida 3 yil davomida o‘zi foydalangan bo‘lishi kerak. Ijaraga oluvchi auksion yoki ochiq elektron tanlov natijasiga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki qo‘shimcha to‘lov majburiyatlarini to‘liq bajargan bo‘lishi shart.  

Yuridik shaxslar o‘zlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ravishda ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 5 yildan keyin boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.  

Garovga qo‘yuvchining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari garov bilan ta’minlangan majburiyati bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda, ijara huquqini yer ijarasi shartnomasining qolgan davriga elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.  

Bunga ko‘ra, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, ijara huquqini elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.  

Agrosanoat klasterlariga yer uchastkalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berish tartibi bekor qilinmoqda. Bunda, agrosanoat klasterlari yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali yoki yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibida ijaraga olishlari mumkin.  

Shu bilan birga, yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish hollaridan tashqari barcha hollarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlar barcha shaxslardan to‘liq undirilishi belgilandi.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi bo‘yicha nimalar o‘zgardi?