O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 24 iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021 yil 31 iyulda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi 913-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 241-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2007 yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2013 yil, № 12, 350-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018 yil, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda; 2020 yil, № 9, 537-modda; 2021 yil, № 1, 3, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova) 28-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«28-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar ustidan sudga shikoyat qilish va protest keltirish
Xalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan qabul qilingan hamda chiqarilgan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi, shuningdek prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin».
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020 yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021 yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 1971-modda:
dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor etish bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rmaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa»;
sanksiyasidagi «yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha» degan so‘zlar «ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi «bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha» degan so‘zlar «to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 2291-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi»;
3) quyidagi mazmundagi 2296-modda bilan to‘ldirilsin:
«2296-modda. Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish
Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) yerlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) yerlarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u yer uchastkasining qaytarilishini hamda yerning qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritilishini ta’minlasa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi».
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020 yil, № 3, 204-modda; № 5, 296-modda; № 12, 689-modda; 2021 yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova) 345-moddasining beshinchi qismidagi «243» raqami «2296, 243» raqamlari bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021 yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 60-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi»;
2) 601-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi»;
3) 65-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi «bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha» degan so‘zlar «yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi «uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha» degan so‘zlar «yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi «besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha» degan so‘zlar «o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismining sanksiyasidagi «uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha» degan so‘zlar «o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 67-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi»;
5) 68-modda:
nomidagi «Xo‘jalik ichidagi» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
o‘zbekcha matnidagi «tuzilishi» degan so‘z «tuzish» degan so‘z bilan almashtirilsin;
sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi»;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi»;
6) 681 va 69-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«681-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
69-modda. Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish
Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
7) 99-moddaning o‘ninchi va o‘n birinchi qismlari chiqarib tashlansin;
8) 101-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi «besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha» degan so‘zlar «o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar hamda inshootlarni elektr energiyasi, issiqlik va gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan elektr, issiqlik va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
9) 160-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«160-modda. Uylarni qurish qoidalarini buzish
Uylarni, xo‘jalik va ro‘zg‘or binolarini qurish qoidalarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
10) 163-modda:
dispozitsiyasi «Vodoprovod tarmoqlariga» degan so‘zlardan keyin «(suv ta’minoti tarmoqlariga)» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
sanksiyasidagi «besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha» degan so‘zlar «o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolarni vodoprovod (suv ta’minoti) tashkilotlari tomonidan vodoprovod tarmoqlariga (suv ta’minoti tarmoqlariga) ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
11) 1631-modda:
dispozitsiyasi «kanalizatsiya tarmoqlariga» degan so‘zlardan keyin «(oqova suvni chiqarib yuborish tarmoqlariga)» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
sanksiyasidagi «uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha» degan so‘zlar «besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarni ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari tomonidan kanalizatsiya tarmoqlariga (oqova suvni chiqarib yuborish tarmoqlariga) ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
12) 245-moddaning:
«591, 60, 601» raqamlari «591-moddalarida, 60-moddasining birinchi qismida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
«100, 101 (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida)» degan so‘zlar «100-moddalarida, 101-moddasining birinchi (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida) va ikkinchi qismlarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
«160-moddasining birinchi qismida, 1601» degan so‘zlar «160, 1601» raqamlari bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi «ushbu Kodeksning 99 (qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida) va 283-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno» degan so‘zlar «bundan ushbu Kodeks 60-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 601, 65, 68, 681, 99 (qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida) va 283-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 2457-moddaning birinchi qismidagi «65, 66, 67, 68, 69-moddalarida (qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq qismi)» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
14) 261-moddaning birinchi qismidagi «shaharlar va posyolkalarning yerlariga» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
15) 264-moddaning birinchi qismidagi «1591-moddasida, 160-moddasining ikkinchi qismida, 168-moddasida» degan so‘zlar «1591, 168-moddalarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 2661-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«2661-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlariga ushbu Kodeksning 60-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 601-moddasida, 68-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, suv fondi yerlari mustasno), 681-moddasida va 69-moddasida (bundan qishloq xo‘jaligi yerlarining chegara belgilariga oid qismi mustasno) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining tumanlar (shaharlar) bo‘limlari boshliqlari»;
17) quyidagi mazmundagi 2662-modda bilan to‘ldirilsin:
«2662-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining organlari
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining organlariga ushbu Kodeksning 65, 68-moddalarida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga oid qismida) va 69-moddasida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning chegara belgilariga oid qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasi qo‘llashga quyidagilar haqlidirlar:
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining qishloq xo‘jaligi yerlari monitoringi bo‘yicha o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari».
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Notariat to‘g‘risida»gi 343-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 2, 42-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2006 yil, № 9, 498-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 9, 335-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 673-modda; 2019 yil, № 1, 5-modda; 2020 yil, № 1, 3-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 6-modda to‘rtinchi qismining beshinchi xatboshisidagi «yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga» degan so‘zlar «qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 18-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisidagi «yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga» degan so‘zlar «qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalariga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5-6, 82-modda; 2003 yil, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020 yil, № 9, 540-modda, 2021 yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yer resurslaridan belgilangan maqsadda, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash;
yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish;
ko‘p kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish;
diplomatik vakolatxonalarga hamda ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga ushbu vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk etib realizatsiya qilish;
yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlari sohasidagi qarorlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hududiy organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart»;
2) 6-moddaning to‘rtinchi — o‘n uchinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
«ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish»;
3) 7-moddaning to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
«ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish»;
4) 9-modda:
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yerlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish mustasno»;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Sug‘orilmaydigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi»;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
5) 12-moddaning ikkinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 13-moddaning beshinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 15-moddaning oltinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yer umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza etiladi»;
9) 17-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yuridik shaxslar ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.
Jismoniy shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.
Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 18-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yuridik va jismoniy shaxslarning 2021 yil 1 avgustga qadar yer uchastkalariga nisbatan yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari o‘z kuchida qoladi, bundan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilingan hollar mustasno.
Yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan, o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli»;
10) 18-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuzaga keladi»;
11) 19-modda chiqarib tashlansin;
12) 20-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«20-modda. Yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi
Yer uchastkalari viloyat va Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan davlat organlariga, muassasalariga va korxonalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga beriladi. Yerlarning mo‘ljallangan asosiy maqsadiga muvofiq:
yaylovlar bilan band bo‘lgan yerlar;
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar — ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar;
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
o‘rmon fondi yerlari;
suv fondi yerlari;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, yer fondining boshqa toifadagi yerlari foydalanishga berilishi mumkin.
Ko‘p kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi, shuningdek ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, agar u ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli bo‘lmasa, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi.
Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim»;
13) 22-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«22-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi
Korxonaga, binoga, inshootga yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu ob’ektlar bilan birgalikda mazkur ob’ektlar band etgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ham o‘tadi.
Uy-joyga, chorbog‘ga bo‘lgan mulk huquqi (sotib olish, hadya qilish yoki meros bo‘yicha olish va boshqa hollarda) jismoniy shaxslarga o‘tgan taqdirda, ushbu imoratlarga bo‘lgan mulk huquqi bilan birgalikda mazkur imoratlar joylashgan barcha yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham o‘tadi.
Korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulk band etgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqining boshqa shaxsga o‘tishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishli shartnomalari, qarorlari asosida tuman, shahar yer-kadastr daftariga yerning yangi egasi yoki yerdan yangi foydalanuvchi yoxud yangi ijaraga oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish hamda yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish, ijara (ijara shartnomasining amal qilish muddatiga) yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko‘chmas mulkning bir qismiga bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi, operativ boshqaruv huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga o‘tgan taqdirda, unga yer uchastkasining korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko‘chmas mulkning ulushiga mutanosib bo‘lgan qismiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ham o‘tadi, yer uchastkasini bunday ajratish mumkin bo‘lmagan hollarda, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan nizolashilgan taqdirda esa yer uchastkasining bo‘linishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilib, viloyat, Toshkent shahar hokimining qarori bilan tasdiqlanadi va keyinchalik yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi davlat ro‘yxatiga olinadi hamda davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi tegishli ko‘chirmalar beriladi»;
14) 23-moddaning:
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), doimiy foydalanish uchun va ijaraga berish yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) mulk qilib berish (realizatsiya qilish) — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion vositasida;
2) doimiy foydalanishga berish — ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;
3) ijaraga berish — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan, shuningdek elektron onlayn-auksion vositasida.
Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda faqat shu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan (sotib olinganidan) va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi»;
beshinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), ulardan doimiy foydalanish va ularni ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;
15) 24-moddaning:
ikkinchi — oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — o‘n ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:
1) viloyat va Toshkent shahar hokimining ochiq elektron tanlov natijalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori bilan — jismoniy va yuridik shaxslarga;
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga ko‘ra — davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga;
yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravaridan ortiq miqdordagi pul mablag‘lari depozitga qo‘yilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat hokimining taklifiga ko‘ra — agrosanoat klasterlariga;
qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda beriladigan yer uchastkasining o‘lchami investitsiya hajmiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:
elektron onlayn-auksion asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda berilayotgan yer uchastkasining o‘lchami investitsiya hajmiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga beriladi. Mazkur shaxslar (bundan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar mustasno) yer uchastkasini ijaraga olish huquqining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi bozor qiymatini O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga to‘lashi kerak.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarining ijarasiga oid shartnoma tuman (shahar) hokimi bilan tuziladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xo‘jalik ijarasi tartibida faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qo‘yishi mumkin.
Ijaraga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi faqat kreditlar olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan o‘z ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqli.
Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi hamda shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan o‘lchamlarda o‘ttiz yil muddatga ijaraga beriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni ijaraga berish muddati yuz yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga beriladi»;
yettinchi — o‘ninchi qismlari tegishincha o‘n uchinchi — o‘n oltinchi qismlar deb hisoblansin;
16) 241-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«241-modda. Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarining ijarasi
Davlat organlari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va o‘rmon fondi yerlari investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilishi mumkin. Bunda quyidagi yerlar uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin:
qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar va lalmi yerlar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga;
o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari — jismoniy va yuridik shaxslarga.
Ushbu modda birinchi qismining birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda, yaylovlar, bo‘z yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan investorlarga o‘ttiz yil muddatga, ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan o‘lchamlarda ijaraga berilishi mumkin.
Davlat organlariga, muassasalariga va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar:
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatiga — xususiy sherikka;
ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bitimlar va shartnomalarning amal qilish muddatiga — nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga;
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun boshqa yuridik shaxslarga ijaraga berilishi mumkin.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;
17) 243-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«243-modda. Yer uchastkasini unga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqini saqlab qolgan holda vaqtincha foydalanishga berish
Dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalari o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yoki ularning bir qismini qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha foydalanishga berishi mumkin. Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Bunda dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalarining ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan huquqi saqlanib qoladi»;
18) quyidagi mazmundagi 244-modda bilan to‘ldirilsin:
«244-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tuman (shahar) hokimi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuzilgan yer uchastkasining ijarasiga oid shartnoma asosida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan belgilangan tartibda elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda ochiq holda e’lon qilinadi»;
19) 27-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«27-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini realizatsiya qilish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishda yer uchastkalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash shartlari nazarda tutilishi kerak»;
20) 32-moddaning uchinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo‘linmalari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21) 34-modda chiqarib tashlansin;
22) 36-modda:
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga ko‘ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 6 — 11-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 12-bandida ko‘rsatilgan holda tugatish tegishli tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining taklifiga ko‘ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslar yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda ko‘rsatilgan mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin»;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ochiq tanlov va elektron onlayn-auksion yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomani bekor qilish yoki o‘zgartirish yo‘li bilan bekor qilishga haqli emas, bundan ushbu moddada nazarda tutilgan hollar mustasno»;
beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
23) 44-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Sug‘oriladigan yerlardan faqat qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, shuningdek bog‘dorchilik, uzumchilik va ko‘p yillik dov-daraxtlar yetishtirish uchun foydalanilishi mumkin.
Sug‘oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim. Bunday yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, yerlarning suv bilan ta’minlanganligi, ulardagi mavjud suv resurslari hamda bu suvlarga belgilangan limitlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining xulosasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik ob’ektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ularga tuproq unumdorligi pasayishiga olib keladigan tarzda usullar bilan ishlov berish yoki ularning shikastlanishiga olib keluvchi boshqa usullarni qo‘llash taqiqlanadi»;
24) 45-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Tuproq unumdorligiga ko‘ra o‘rtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan ko‘p bo‘lgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi.
Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sug‘orilmaydigan yerlar jumlasiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi»;
25) quyidagi mazmundagi 451-modda bilan to‘ldirilsin:
«451-modda. Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari
Qonunchilikka muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridir.
Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun berish faqat bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari hisobidan amalga oshiriladi»;
26) 46-modda:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«1) qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun»;
5 va 6-bandlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi qismlari chiqarib tashlansin;
27) quyidagi mazmundagi 461-modda bilan to‘ldirilsin:
«461-modda. Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining ajratiladigan o‘lchamlari
Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagi o‘lchamlarda ajratiladi:
1) dehqon xo‘jaligini yuritish uchun — 0,06 gektardan 1 gektargacha;
2) fermer xo‘jaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga:
sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
bog‘dorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar;
g‘allachilik va sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar;
3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun:
paxtachilik-to‘qimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar;
g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar;
sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar;
bog‘dorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar»;
28) 54-modda chiqarib tashlansin;
29) 55-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga berish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeks 24-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida belgilangan tartibda qabul qilinadi»;
30) 56-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«56-modda. Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan yer uchastkalari
Jamoa polizchiligi uchun berilgan yer uchastkalaridan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari yetishtirishda foydalaniladi. Ulardan uylar va boshqa kapital inshootlar qurish uchun foydalanish taqiqlanadi. Bunday uchastkalarda umumiy foydalanishdagi muvaqqat imoratlar va inshootlarni qurishga qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsat berilishi mumkin.
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun berilgan yerlardan foydalanish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi»;
31) 57-modda chiqarib tashlansin;
32) 62-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Shahar va posyolka qurilishi yerlari uy-joy, madaniy-maishiy, sanoat ob’ektlari qurish va kapital qurilishning boshqa turlari uchun, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartibda beriladi»;
33) 80-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yerlarning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan ob’ektlarni joylashtirish qonunchilikda belgilanadigan tartibda tabiatni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi, qurilish organlari va boshqa organlar bilan kelishib olinadi».
34) 12-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«12-bob. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazorat»;
35) 83-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«83-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari
Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari qonunchilik talablariga jismoniy va yuridik shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rioya etilishini ta’minlashdan iboratdir»;
36) quyidagi mazmundagi 831-modda bilan to‘ldirilsin:
«831-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati
Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaslikka, o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o‘zgartirishga, yerlarning toifasidan qat’i nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.
Maxsus vakolatli davlat organlari yer uchastkalarini ajratish bilan bog‘liq zarur statistik axborotni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa axborotni, qarorlarni hamda boshqa hujjatlarni, shu jumladan ochiq tanlovlarga va elektron onlayn-auksionlarga taalluqli axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan yoki ularning mansabdor shaxslaridan beg‘araz asosda so‘rash va olishga haqli.
Davlat organlari, tashkilotlari va mansabdor shaxslar so‘ralayotgan axborotni maxsus vakolatli davlat organlariga besh ish kuni ichida taqdim etishi kerak»;
37) 84-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«84-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazorati»;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari yer uchastkalarini ajratish, ulardan oqilona va maqsadli foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirishga haqli»;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi — to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin»;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
«Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish, ulardan tegishli hujjatlarda ko‘rsatilgan normalardan ortiqcha tarzda g‘ayriqonuniy tarzda foydalanish, qonunga xilof ob’ektlarni va inshootlarni qurish hollari, yer munosabatlari sohasidagi suiiste’molliklar to‘g‘risida foto- va videoyozuv texnikasidan foydalanilgan holda tasdiqlangan xabarlar uchun jamoatchilik nazorati sub’ektlari rag‘batlantirilishi mumkin.
Jamoatchilik nazorati sub’ektlarini rag‘batlantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;
38) quyidagi mazmundagi 911-modda bilan to‘ldirilsin:
«911-modda. Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish ob’ektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish ob’ektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi».
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan «Davlat yer kadastri to‘g‘risida»gi 666-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 7, 432-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning ikkinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning nomi va birinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 10-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Davlat yer kadastrini yuritish quyidagilar orqali ta’minlanadi:
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining tegishli bo‘linmalari tomonidan bajariladigan aerokosmik suratlar olishni, topografiya-geodeziya, kartografiya tadqiqotlarini amalga oshirish, yerlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, yerlarni miqdor jihatdan hisobga olish, jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish;
yerlarning mavjudligi va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish;
joriy tadqiqotlar, suratga olishlar hamda yerlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish materiallaridan foydalangan holda yer-kadastr axborotiga oid ma’lumotlar banklarini yaratish va saqlab turish.
Davlat yer kadastrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat yer kadastrini yuritish quyidagi yo‘l bilan amalga oshiriladi:
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni va yer uchastkalariga doir bitimlarni davlat ro‘yxatiga olish;
kadastrga oid suratga olish;
yer uchastkalarining egalaridan, ulardan foydalanuvchilardan, ijarachilardan va yer uchastkalarining mulkdorlaridan ma’lumotlar olish, ularning to‘g‘riligini tekshirish, yer kadastriga doir hujjatlarga joriy o‘zgartishlar kiritish.
Davlat yer kadastrini yuritishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
tuproqshunoslik, agroximiya, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda tadqiqotlar;
yerlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish hamda baholash».
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan «Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi 171-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 1-2, 19-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 1, 1-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda; 2019 yil, № 3, 166-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 10-moddasi birinchi qismidagi va ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi 258-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008 yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda; 2010 yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019 yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 21-modda ikkinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«2) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari»;
2) 732-moddaning birinchi va to‘rtinchi qismlaridagi «yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 oktyabrda qabul qilingan «Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-303-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 10, 273-modda; 2017 yil, № 8, 383-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
yettinchi xatboshisidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi)» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (bundan buyon matnda Kadastr agentligi deb yuritiladi)» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 7-moddaning to‘rtinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasiga» degan so‘zlar «Kadastr agentligiga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 8-moddaning to‘rtinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasiga» degan so‘zlar «Kadastr agentligiga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 9-moddaning to‘rtinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasiga» degan so‘zlar «Kadastr agentligiga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 11-moddaning to‘rtinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasiga» degan so‘zlar «Kadastr agentligiga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 13-moddaning:
nomidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasining» degan so‘zlar «Kadastr agentligining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 14-moddaning birinchi, uchinchi va beshinchi qismlaridagi «O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 16-moddaning:
ikkinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasiga» degan so‘zlar «Kadastr agentligiga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
to‘rtinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 17-moddaning to‘rtinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 19-moddaning birinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi O‘RQ-363-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 12, 352-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 9, 591-modda, № 11, 791-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 11-moddasining birinchi qismidagi va to‘rtinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019 yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020 yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021 yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova) 27-moddasining birinchi qismi 2-bandidagi «davlat boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar «mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 20 mayda qabul qilingan «Yaylovlar to‘g‘risida»gi O‘RQ-538-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019 yil, № 5, 263-modda; 2020 yil, № 9, 540-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning ikkinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning:
nomidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 25-moddaning uchinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4) 29-moddaning matnidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 13 avgustda qabul qilingan «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘RQ-552-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019 yil, № 8, 463-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 17-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
nomidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019 yil, 12-songa 1-ilova; 2020 yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021 yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova) 243-moddasining 16-bandidagi «yer resurslari va davlat kadastri» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va bo‘limlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvarda qabul qilingan «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020 yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021 yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 8-moddaning birinchi qismi:
37-bandidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
«41) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, uning joylardagi organlari — yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha»;
2) 9-moddaning birinchi qismi:
22-bandidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 27-band bilan to‘ldirilsin:
«27) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, uning joylardagi organlari — yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha»;
3) ilovaning:
4-bandi «m» kichik bandi izohidagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining» degan so‘zlar «Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va bo‘limlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
36-bandi chiqarib tashlansin.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 2 iyulda qabul qilingan «Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-626-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020 yil, № 7, 446-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddadagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 13-moddaning birinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 46-moddadagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 28 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi O‘RQ-635-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020 yil, № 8, 492-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 11-moddaning:
nomidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 12-moddaning ikkinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 15-moddaning:
birinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 45-moddaning birinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi» degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
21-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 6-moddasining 36, 37 va 38-bandlari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti Sh. MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2021 yil 16 avgust,
O‘RQ-708-son