Mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi, xalqimizning rizq-ro‘zi, to‘kis va farovon hayoti bebaho boylik – yerdan oqilona foydalanishga chambarchas bog‘liq.

Shuning uchun yurtimizda ushbu yo‘nalishda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, avvalo, yerdan foydalanishda barcha uchun teng va adolatli sharoit va imkoniyatlarni yaratib berishga, pirovard natijada yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligi, tadbirkorlikning jadal rivojlanishi hamda aholi bandligini ta’minlashga yo‘naltirildi.  

– 2021 yil 8 iyunda davlatimiz rahbarining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi, – deydi Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Fozil Xudoyqulov. 

– Mazkur hujjatda toifasidan qat’i nazar barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini aniqlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, yerdan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazorati Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. 

bugungi kunda boshqarmamiz va tuman, shaharlardagi hududiy bo‘limlarimiz tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 apreldagi 183-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan davlat yer va kadastr nazorati “Ye-YERNAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Ya’ni, unda yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar to‘plamini shakllantirish va ularni o‘z vaqtida va ob’ektiv ko‘rib chiqish maqsadida elektron hujjatlar almashinuvi, shuningdek huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etishgacha bo‘lgan holatlar kuzatib borilmoqda.  

bugungi kunda yer olish faqat qonuniy yo‘lga qo‘yilgan onlayn auksion va onlayn tanlov orqali amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da hali hanuz ayrim yurtdoshlarimiz qonunga zid harakat qilmoqda. Buni raqamlar ham ko‘rsatib turibdi. Joriy yilning yetti oyi davomida yer munosabatlari bilan bog‘liq qonun buzilish holatlari yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda viloyatimiz tuman va shaharlarida 1253 holatda 406 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi va qonun buzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, 837 holatda 188 gektar yer maydoni uy-joy qurish maqsadida, 200 holatda 204 gektar yer boshqa maqsadlarda foydalanish uchun egallab olingan.

Aniqlangan holatlarni bartaraf etish yuzasidan yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga 1253 ta ogohlantirish xatlari yuborildi. Natijada 232 gektar yer maydoni ixtiyoriy tarzda qaytarildi. Belgilangan muddatlarda qaytarilishi ta’minlanmagan 160 gektar yer maydoni yuzasidan (773 holat) fuqarolik ishlari bo‘yicha sud idoralariga noqonuniy qurilmalarni buzdirish va yer maydonini asl holatiga keltirishga oid da’vo arizalar kiritildi. Shuningdek, prokuratura organlariga 184 holatda 29 gektar maydondagi qonun buzilishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi. Yil boshidan buyon boshqarma ma’muriy amaliyot bo‘limi tomonidan 1047 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 13 milliard 793 million so‘m jarima qo‘llanilgan.  

G‘.HASANOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer o‘zboshimchalik bilan egallab olinmaydi