Yig‘ilishdan so‘ng...
Xabar berilganidek, 16 aprel kuni Buloqboshi tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan, o‘ziga tegishli xulosalarni olgan Andijon tumani Kumbaz mahallasi yoshlar yetakchisi Jahongir Abdullayev har vaqt yig‘ilishda yoshlarga alohida e’tibor qaratilishini mamnuniyat bilan qayd etdi.
– Davlatimiz rahbari yer olgan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha oldimizga muhim topshiriqni qo‘ydi. Albatta, Prezidentimiz yonida kamarbasta bo‘lib, bildirilgan ishonchni oqlashga va’da beraman, – dedi yoshlar yetakchisi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UkibcEms4Ko" title="Yigʻilishdan soʻng..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>B.Xudoyberdiyev, O‘zA