Kadastr agentligi tomonidan davlat yer nazorati tadbirlarini amalga oshirishda korrupsion holatlar va ortiqcha qog‘ozbozlikning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Agentlik tomonidan ana shunday chora-tadbirlarni bajarish maqsadida 790 ta maxsus planshet va bodi kamera xarid qilindi.

Joriy yilning 1-martidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sinov tariqasida planshetdan foydalangan holda nazorat tadbirlarini joyida elektron rasmiylashtirish ishlari boshlandi. 

Sinov natijalaridan kelib chiqib, ushbu amaliyot joriy yilning may oyidan boshlab respublikaning barcha hududlarida joriy qilinishi hamda aynan joyiga chiqqan holda o‘tkaziladigan davlat yer nazorati tadbirlari planshet va bodi kameradan foydalangan holda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

– Bizning viloyatga ham 40 dona maxsus planshet va bodi kamera berildi, – deydi Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Nishonov. – Ushbu planshet va bodi kameralar “E-yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimi asosida ishlaydi hamda huquqbuzarlikni aniqlashdan boshlab, tegishli choralar ko‘rilishiga qadar bo‘lgan jarayon elektron shaklda rasmiylashtiriladi va ushbu nazorat tadbirlarining har bir bosqichi tegishli tartibda monitoring qilib boriladi. 

Ta’kidlash o‘rinliki, “E-yer nazorat” dasturi ishga tushishi natijasida bir qator imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, birinchi navbatda, nazorat tadbirlarini amalga oshirishda shaffof mexanizm yaratilib, ortiqcha qog‘ozbozlik hamda ehtimoliy korrupsion harakatlarning oldi olindi. Yer qonunbuzilish holatlarini aniqlashdan to bartaraf etishgacha bo‘lgan jarayonlarni kuzatib (monitoring) borish tizimi yaratilib, yerga oid qonunbuzilishlar va ular bartaraf etilishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan elektron hisobini yuritish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, yerlardan maqsadsiz foydalanish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z muddatida murojaat qilmaslik holati bo‘yicha manzilli ma’lumotlar bazasi yaratildi. 

Hozir kunda ushbu dasturni Oliy sud, Bosh prokuratura, MIB, IIV, “O‘zbekkosmos”, “Uzpochta” va “Uzkad” kabi bir qator idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish jarayonlari olib borilmoqda va o‘z o‘rnida nomlari qayd etilgan tashkilotlar tizim ma’lumotlaridan foydalanishi va qo‘shimcha takliflar kiritib borishi mumkin. 

Bundan tashqari, Kadastr agentligida tashkil etilgan 1097 qisqa raqami yoki kadastr.uz sayti orqali huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabarlar berilishi mumkin va ushbu xabarlar bevosita “E-yer nazorat” dastur orqali nazorat tadbirlarini o‘tkazish uchun tegishli bo‘linmalarga yuborilib, ijrosi ham dastur orqali nazoratga olinadi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer nazoratida shaffof mexanizm yaratilmoqda