Ma’lumki, Koreyada manzillar tizimi dunyoda tan olingan va TOP-10 davlatlar qatorida turadi. Koreyada manzillar tizimi konsepsiyasi 3 ta asosiy tamoyilga asoslangan. Jumladan, xavfsiz manzil, oson manzil, to‘liq manzil tamoyillarida amalga oshiriladi.
Koreyada manzillashtirish tizimi ikkinchi sanoat inqilobidan to‘rtinchi sanoat inqilobigacha bir necha bor o‘zgartirilgan.
Chunki oxirgi 50-yilda Koreya aholisi ikki barobarga, pochtalar hajmi 25 barobarga oshgan. Mana shu rivojlanish jarayonida oldingi manzillar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
Koreyada oxirgi manzillar tizimi 2014-yildan boshlab, 5-yilda yakunlangan.
Janubiy Koreyada nafaqat bino inshootlar, balki bo‘sh yerlarga ham manzil beriladi. Manzillar tizimi – boshqaruvchisiz avtomobillar harakati, aqlli shaharni boshqarishda muhim hisoblanadi.
Shuningdek, Koreyada 3 o‘lchamli manzil amal qiladi. Bu chapdan – o‘ngga, pastdan – yuqoriga, janubdan – shimolga.
Bundan tashqari, binoning ichki manzili tushunchasi ham ishlatiladi. Bu bino ichida harakatlanish uchun foydalaniladi.
Koreyada manzillar tizimi uchun barcha yerlar 100 km. kvadratlarga ajratilib, yer toifasidan kelib chiqib, ular ichida yana kichik kvadratlarga ajratilgan.
Shuningdek, Koreyada infratuzilma obyektlariga ham raqam berilgan. Jumladan, bekatlar va taksi to‘xtash joylari, bu favqulodda holatlarda yoki dron orqali kerakli narsalarni yetkazib berishda foydalaniladi.
Tog‘li hududlarda 100 km2 ichida 2 km2 gacha bo‘lgan o‘lchov orqali yerlar raqamlashtirilib manzillar tizimiga kiritilgan.
Ko‘chalar va joylarga nom berish tarixiy, geografik omillar inobatga olinib, mahalliy aholi o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazish natijasiga ko‘ra mahalliy hokimiyat tomonidan davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligining axborot tizimi orqali beriladi. Belgilangan manzilni o‘zgartirishga 3-yil davomida ruxsat etilmaydi.
Koreyada manzillar tizimi ISO-19160 sertifikatiga ega.
O‘zbekiston aholisi kun sayin ortib, shaharlar kengayib, yangi massivlar, mahallalar, ko‘chalar paydo bo‘layotgan bir paytda sinovdan o‘tgan va samara berayotgan Janubiy Koreyaning tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lib, kelajakda albatta, o‘z samarasini beradi.
Nozimjon Inomov,
Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o‘rinbosari