Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida joriy yil boshidan beri jami 1 ming 511 ta holatda huquqbuzarlik aniqlangan. Ularning asosiy qismi jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan.

Shuningdek, huquqbuzarlik holatini sodir etilgan 899 ta holatda jami 15 milliard 284 million so‘mlik jarimalar qo‘llanilgan. Xususan, Kadastr agentligi Zangiota tuman bo‘limi tomonidan hududdagi “Erkin” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Erkin Iskandarov Shuhrat” fermer xo‘jaligiga qarashli sug‘oriladigan ekin yer maydonining bir qismi fuqarolar tomonidan o‘zboshimcha egallanib, qurilish ishlari boshlab yuborilgani qayd etildi. Holat tegishli tartibda bo‘lim tomonidan nazoratga olinib, qurilmalarni bartaraf etish va yerni avvalgi holatiga qaytarish ishlari ta’minlandi.  

Nazorat tadbirlari davomida Yuqori Chirchiq tumani Do‘stlik massivi, qishloq xo‘jaligi xaritasining 1146-konturida fuqaro K.A.ga ajratilgan dehqon xo‘jaligi yerlarida noqonuniy qurilma qurilgani ham fosh etildi. Mas’ullar tomonidan fuqaroga qonunchilikda belgilangan tartibda Ma’muriy va Jinoiy javobgarlik mavjudligi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirilgach, ushbu yer maydonidagi qurilma ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi. 

Ayni kunlarda viloyat hududida yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Bunda mutaxassislar dronlar yordamida, kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklar ko‘zdan kechirilmoqda.  

A.Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer egasiz emas