Prezident farmoni ijro va nazoratda

Samarqand viloyatida joriy yil to‘qqiz oyi davomida yer munosabatlari bilan bog‘liq qonun buzilish holatlari yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda 1413 holatda 443 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 8 iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni bilan 2021 yilning avgust oyidan e’tiboran yer ajratish, ijaraga berish yoki yer bilan bog‘liq turli imtiyoz va yengilliklarni berish tizimi o‘zgardi. Bir qator yangi tartiblar o‘rnatildi.  

Jumladan, yer toifasidan qat’i nazar barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini aniqlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, yerdan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazorati Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.  

– Yerlarni noqonuniy egallab olish yoki yer bilan bog‘liq korrupsion holatlarga qarshi jiddiy kurashilayotgan, buning sabab va oqibatlari yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilayotgan bo‘lishiga qaramay, hali hanuz qonunga zid holatlar qayd etilmoqda, – deydi Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Fozil Xudoyqulov. – Birgina joriy yilning to‘qqiz oyida Prezident farmoni ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda 443 gektar yer maydonlari, jumladan, 960 holatda 221 gektar yer uy-joy qurish maqsadida o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi. Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 1413 ta ogohlantirish xatlari yuborildi. Natijada 464 holatda 241 gektar yer ixtiyoriy ravishda qaytarildi.

Belgilangan muddatlarda ixtiyoriy qaytarilmagan 193 gektar yer bo‘yicha fuqarolik sudlariga murojaat qilinib, noqonuniy qurilmalarni buzdirish va yer maydonlarini asl holatiga keltirish yuzasidan da’vo arizalar kiritildi. Shuningdek, 189 ta holatda 30 gektar maydondagi qonun buzilishlar to‘g‘risida prokuratura organlariga ma’lumotlar taqdim etildi.  

Tuman va shahar bo‘limlarimiz tomonidan aniqlangan 2214 ta qonun buzilish holatlarining 1300 ga yaqini Kadastr agentligi organlari tomonidan ko‘rib chiqildi. 146 ta ma’muriy ish chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga, 181 ta yer qonun buzilish holatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.  

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha qariyb 14 milliard so‘m jarimalar qo‘llanilgan.  

G‘.Hasanov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer egasiz emas, so‘rovchilar bor