Qozog‘istonning Almati shahrida yengil atletika bo‘yicha poyoniga yetgan xalqaro xotira turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 19 ta medallar shodasini qo‘lga kiritdi.

5 ta oltin, 10 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan sportchilarimiz orasida Elina Silyamiyeva, Ivan Denisov, Nargiza Qo‘chqorova, Sharifa Davronova va Jonbibi Hukmova o‘z dasturlarida tengsiz ekanliklarini namoyish qildi.
Zarina Nosirjonova, Dilshoda Usmonova, Amir Nagayev, Malika Nasriddinova, Nurxon Ochilova, Lidiya Podsepkina kabi yengil atletikachilarimiz sovrindorlar qatoridan joy egalladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA