Yengil atletikachilarimiz saralandi
Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha olimpiya zaxiralari kollejlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazildi. O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 320 nafarga yaqin ishtirokchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Musobaqaning turli masofaga va to‘siqlar osha yugurish bahslarida ishtirok etgan Ulug‘bek Isroilov, Shohruh Baratov, Behruz Asadov, Jaloliddin Hamroqulov, Hasan Jo‘rayev, Jahongir Rahmatullayev, Anvar Sarimsoqov, Gulruxsor Hoshimova, Sevara Tursunova, Maftuna Tosheva, Nargiza Nizomiddinova, Sabina Umarova, Elmira Gazizova, Natalya Rasulova hamda Violetta Muhammadiyeva barcha raqiblarini yengib, shohsupadan joy oldi. Estafeta bahslarida toshkentlik o‘quvchilarga teng keladigani topilmadi.
Chempionatning nayza uloqtirish bahsida Shuhrat Po‘latov va Vera Kovalkova g‘olib bo‘ldi. V.Kavalkova yadro uloqtirish bahslarida ham birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu bahsda o‘g‘il bolalar o‘rtasida Farhod Suyunov O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Disk uloqtirishda Odil Komilov va Jumagul Parpiyeva eng yuqori natijani qayd etdi.
Balandlikka sakrash bahsida Uchqun Ahmedov va Aleksandra Yurkevskaya, uzunlikka va uch hatlab sakrashda Davron Ergashev va Roksana Xudoyorova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.