Qozog‘istonda yengil atletika bo‘yicha XXXIV Gusman Qosanov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 7 tadan oltin va kumush hamda 5 ta bronza jami 19 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Jumladan, musobaqa javomida Hasanbek Rustamjonov 400 metrga to‘siqlar osha yugurishda oltin, aralash estafetada kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nasima Mamirova 1500 metr masofaga yugurishda oltin, 5000 metrda esa kumush medalga ega chiqdi.

Iqtidorli atletimiz Sharifa Davronova uch hatlab sakrashda oltin, uzunlikka sakrashda kumush medal bilan taqdirlandi.
Quyida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining qayd etgan natijalari bilan tanishasiz:
Oltin medal sohiblari:
• Malika Nasriddinova — yadro uloqtirish;
• Amir Nagayev — balandlikka sakrash;
• Irina Levina — 800 metrga yugurish;
• Sarvar Ismoilov — nayza uloqtirish;
Kumush medal sohiblari:
• Barnoxon Sayfullayeva — balandlikka sakrash;
• Vadim Chikalov — balandlikka sakrash;
• Musharrafxon Saidahmedova — nayza uloqtirish;
• O‘zbekiston terma jamoasi 400 metrga aralash estafeta.
Bronza medal sohiblari:
• Valeriya Gorbatova — balandlikka sakrash;
• Mohinabonu Ro‘ziyeva — 400 metrga yugurish;
• Dilshoda Usmonova — 1500 metr masofaga yugurish;
• Yulianna Shukina — disk uloqtirish;
• Asadbek Murotov — nayza uloqtirish.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA