Qatar poytaxti Doha shahrida yengil atletika bo‘yicha 1998-1999 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda sportchilarimiz ikkitadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkent xalqaro aeroportida yengil atletikachilarimizni sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ota-onalar kutib oldi.

Mamlakatimizda yengil atletika jadal ommalashmoqda. Buni sportchilarimizning xalqaro maydonda qo‘lga kiritayotgan yutuqlarida ko‘rish mumkin.

Qirqdan ortiq davlatdan uch yuz ellik nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan chempionatda hamyurtimiz Safina Sa’dullayeva balandlikka sakrash bahsida Osiyo chempioni, degan nomga sazovor bo‘ldi. Musobaqaning nayza uloqtirish musobaqasida Vladislav Polyunin terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni keltirdi.

– Chempionatdagi g‘alabalarimiz mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasidir, – deydi V.Polyunin. – Bu yutuq o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlashga va kelgusida jahon chempionatlarida Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilishga undaydi.

Yosh sportchimiz Aleksandra Yurkevskaya yettikurash bahsida, yana bir vakilimiz Viktoriya Dirdina uch hatlab sakrash musobaqalarida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

– Osiyo chempionatida barcha jamoalar eng kuchli sportchilari bilan ishtirok etdi, – deydi murabbiy Vladimir Smirnov. – Nufuzli musobaqada Sanobar Erkinova, Anna Shimanis, Asalxon Muxtorova, Shahnoza Beyjigitova, Anjela Belova, Sabina Umarova, Komila Yoqubova, Jaloliddin Hamroqulov, Shohruh Baratov, Dmitriy Pupko va Aleksandr Svechnikov ham munosib qatnashib, o‘z tajriba va mahoratini oshirdi. Bu kelajakda o‘z samarasini berishi shubhasiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yengil atletikachilarimiz g‘alabasi