Yengil atletika sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichi yakunlandi
“Besh tashabbus olimpiadasi” - davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahallalar, ta’lim muassasalaridagi yoshlarni ommaviy sport, madaniyat, kitobxonlik va axborot texnologiyalariga keng jalb etish maqsadida o‘tkaziladigan yirik umummilliy loyiha. Ushbu olimpiada yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular orasidan iqtidorlarni kashf qilishga xizmat qiladi.
Shunga ko‘ra, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqasi doirasida yengil atletika sport turi bo‘yicha Toshkent shahar bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada 3 ta, jumladan, 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifasida Toshkent shahrining 12 ta tumanidan o‘g‘il bolalar va qizlar ishtirok etdi. Musobaqa so‘ngida 3 ta yosh toifasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan yoshlar Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
G.Boboyeva,
O‘zA