O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan konferensiyasida federatsiya nizomining yangi tahriri muhokama qilindi va tasdiqlandi.

Konferensiya davomida kun tartibidagi masalalar xususida so‘z bordi. Joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Muhokamalar davomida bildirilgan fikr va takliflar asosida yangi tahrirdagi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi nizomiga ko‘ra, federatsiya boshqaruv kengashi tarkibi aniqlandi.

Unga ko‘ra, federatsiya raisi Akmalxo‘ja Mavlonov boshchiligidagi boshqaruv kengashi tarkibi tasdiqlandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yengil atletika federatsiyasining yangi tahrirdagi nizomi tasdiqlandi