Milliy matbuot markazida “O‘zbekengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan mamlakatimiz yengil sanoat sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va uni yanada rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Engil sanoat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimizda muhim o‘rin tutadi va aholi bandligini ta’minlash, farovonligini yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida paxta tolasini qayta ishlashning barqaror o‘sishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, eksport hajmini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada davlatimiz rahbarining 2010-yil 15-dekabrda qabul qilingan “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, 2014-yilgi investitsiya dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosining ta’minlanayotgani samarasida salmoqli natijalarga erishilmoqda. Jumladan, bugungi kunda yengil sanoatning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,7 foiz, sanoat mahsulotlari hajmida 26,2 foiz, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda esa 44 foizdan ortiqni tashkil etadi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, nafaqat paxta tolasi, balki tayyor to‘qimachilik mahsulotlari yetkazish bo‘yicha ham dunyoda yetakchi davlatlardan biriga aylandi. Masalan, 1991-yilda paxta tolasini qayta ishlash hajmi 7 foizdan oshmagan bo‘lsa, ayni paytda bu ko‘rsatkich 44 foizga yetdi. Mahsulot eksporti hajmi 130 barobar o‘sib, joriy yil yakuni bo‘yicha 1 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Vaholanki, 1991-yilda bu ko‘rsatkich 7 million dollar bo‘lgan.

“O‘zbekengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi o‘z faoliyatida chet el investitsiyalarini jalb etishga alohida e’tibor qaratmoqda. O‘tgan 23-yilda jalb etilgan bunday investitsiyalar hajmi 1,8 milliard dollarni tashkil qildi. Buning samarasida 150 dan ortiq yirik investitsiya loyihasi hayotga tatbiq etildi. So‘nggi ikki yilda 35 sanoat korxonasi foydalanishga topshirildi va 11 mingdan ziyod ish o‘rni yaratildi. Yiliga 16 ming tonna ip ishlab chiqarish quvvatiga ega “DEU Buxoroteks”, 15 ming tonna ip ishlab chiqaradigan “Indorama Qo‘qon tekstil”, lentali, taroqli va chambarakli yigiruv mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Riter O‘zbekiston” xorijiy korxonalari shular jumlasidandir.

“O‘zbekengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugun uning tarkibida faoliyat yuritayotgan 300 korxonaning ikki yuztasi kichik korxonadir. Ular yiliga 450 ming tonna ip, 160 million pogon metr to‘qimachilik mahsulotlari, 60 ming tonna trikotaj polotno, 180,3 millionta tikuvchilik-trikotaj buyumlari ishlab chiqarmoqda.

Vatanimiz mustaqilligining 23-yilligi arafasida kompaniya 22 yangi sanoat korxonasini foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Bu 2014-yil yakunlari bo‘yicha sanoat mahsulotlari va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmini 23 foizga oshirish imkonini beradi.

Soha mutaxassislari istiqboldagi vazifalar haqida to‘xtalar ekan, tayyor gazlama ishlab chiqarish hajmini oshirish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar turini kengaytirish, shuningdek, tikuv va tikuvchilik-trikotaj tarmoqlarini rivojlantirish uchun sun’iy va sintetik tola hamda kalava ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yengil sanoat yuksalmoqda