Yekaterina Voronina – Osiyo chempioni
Xitoyda davom etayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yana bir sportchimiz Yekaterina Voronina oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Xitoyda davom etayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yana bir sportchimiz Yekaterina Voronina oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Nufuzli musobaqaning yettikurash bahslarida qatnashgan tajribali sportchimiz jami 5689 ochko to‘plab, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Hindistonlik yengil atletikachilar – Josef Liksi kumush, Xembram Purnima bronza medal bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, qit’a chempionatining dastlabki kunida hamyurtimiz Svetlana Radzivil balandlikka sakrash bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.