Yekaterina Osiyo rekordini yangiladi
Qatarda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida sportchilarimiz ikkitadan oltin va bronza hamda bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Qatarda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida sportchilarimiz ikkitadan oltin va bronza hamda bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi.Tajribali sportchimiz Yekaterina Voronina beshkurash bahslarida 4224 ochko to‘plab, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning bu natijasi Osiyoning yangi rekordi sifatida e’tirof etildi.
Terma jamoamizga yana bir oltin medalni balandlikka sakrash bo‘yicha Svetlana Radzivil keltirdi. Svetlana 1,92 metr natija qayd etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Mazkur yo‘nalishda Nadiya Dusanova kumush medal sovrindori bo‘ldi.
Ettikurash bahslarida Marat Haydarov va 60 metr masofaga to‘siqlar osha yugurishda Valentina Kibalnikova bronza medal bilan taqdirlandi.