Xitoy va Yevropa Ittifoqi qator kelishmovchiliklarni hal etish umidi bilan Pekinda bir kunlik sammit o‘tkazdi. Asosiy mavzu – tomonlar o‘rtasidagi savdo nomutanosibligini hal etish. YeI yetakchilari anjuman doirasida Rais Si Szinpin va yana bir necha yuqori lavozimli rasmiylar bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida iqlim o‘zgarishi, global mojarolar va shunday murakkab sharoitdagi iqtisodiy munosabatlar borasida so‘z bordi.

Si Szinpin xalqaro vaziyat tobora murakkablashib borayotgan bir paytda Xitoy va Yevropa Ittifoqi o‘zaro ishonchni mustahkamlashi, hamkorlikni chuqurlashtirishi zarurligini ta’kidladi.

Yevropa Komissiya raisi Ursula fon der Lyayen esa munosabatlarda “burilish nuqtasi”ga yetib kelinganini ta’kidlarkan, muammolarni hal etish uchun “aniq yechimlar” talab etilishini bildirdi.

Yevropa Kengashi rahbari Antoniu Koshta Xitoyni Rossiyaga ta’sir o‘tkazish orqali Ukraina bilan urushni tugatishga yordam berishga chaqirdi. Shuningdek, ikki mulozim Xitoydan kiber hujum, josuslik holatlari, nodir yer osti minerallari eksportidagi cheklov mavzulari bo‘yicha izoh so‘ragan. Bundan tashqari Shinjon-Uyg‘ur, Tibet va Gonkongda inson huquqi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan aniq munosabat bildirish lozimligi ham ta’kidlangan.

Reja bo‘yicha ikki kun davom etishi kerak bo‘lgan sammit bir kunda nihoyasiga yetdi. Bunga Yaqin Sharqdagi vaziyat, Rossiya – Ukraina urushi, shuningdek AQSH tomonidan joriy qilinishi mumkin bo‘lgan boj tahdidi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Siyosiy tahlilchilar ta’kidlashicha, YeI Xitoy bilan hamkorlikka ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Ya’ni, ko‘hna qit’adagi ittifoqchilar  bu yaqinlashuv Donald Trampga yoqmay qolishidan xavotirda. Ma’lum bo‘lishicha, ayni holat sammit muhitiga ham ta’sir o‘tkazgan.

– Xitoy Tramp bilan savdo muzokarasidan manfaatdor bo‘lib chiqdi, – deya xulosa bergan ekspertlar. – Bu holat XXRning YeI beradigan imtiyozga muhtojligini kamaytiradi. Amerika bilan vaziyat yumshagach, Pekin Yevropaga nisbatan zaruratni kamroq his qilmoqda.

Ayni payt Xitoy YeIning AQSHdan keyingi ikkinchi yirik savdo sherigi hisoblanadi. Tomonlar bu aloqani global iqtisodiyotni barqarorlashtirish vositasi sifatida ko‘ryapti. Shunga qaramay, asosiy kelishmovchilik hamon saqlanib turibdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/HF2uvzMs4u4?si=il5RQ1NWp-iG9OAx" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI – Xitoy: talab va istak mutanosibmi? (+video)