YeI RFga qarshi sanksiyani ilk bor bir yilga uzaytirdi
Yevropa Ittifoqi davlatlari Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitda Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyani ilk bor olti oy emas, balki bir yil muddatga uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu hujjat yaqin haftalarda YeI Kengashi tomonidan rasman tasdiqlanishi kutilyapti.
Sanksiya muddatini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga Vengriya tomonidan veto qo‘yilmagani sababli erishildi. Ilgari bu masala yechimini rasmiy Budapesht yondashuvi qiyinlashtirayotgan edi. Mamlakatda hukumat almashgach, yangi Bosh vazir Peter Madyar mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
Shuningdek, anjuman doirasida Rossiya – Ukraina nizosiga oid deklaratsiya ham qabul qilindi. Hujjatni YeIga a’zo barcha 27 davlat qo‘llab-quvvatladi. Shu tariqa 2024-yil dekabridan beri ilk bor tuzilmaga a’zo barcha mamlakatlar yakdil qarashini namoyon etdi.
Deklaratsiyada YeI Rossiyaga bosimni yanada kuchaytirishi, RF harbiy iqtisodiyotini zaiflashtirishga intilishi ifodalangan, Moskvani mazmunli tinchlik muzokarasiga jalb etish niyati bildirilgan.
D.Hakimov, O‘zA