“Farovonlik sari sheriklik masalalari bo‘yicha Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo muloqoti” virtual Iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yevropa komissiyasi raisi o‘rinbosarlari Valdis Dombrovskis va Marosh Shefchovich, Tojikiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Davlatali Said, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ravshan Sabirov, Qozog‘iston Respublikasi savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Peter Burian, Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti TerezaChervinska, Yevropa komissiyasi Bosh direktorining o‘rinbosari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumat doiralarining vakillari va xorijiy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan anjumandada Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov qatnashdi.

Tadbir YeI va Markaziy Osiyo o‘rtasida o‘zaro manfaatli iqtisodiy sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha mintaqalararo muloqot maydonidir. Tashkilotchilar fikriga ko‘ra, bu kabi tadbirlar barqaror qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish uchun nimalar zarurligini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.

Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika sohasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashning bugungi holati va istiqboli, shuningdek, hukumatlar tomonidan pandemiya bilan bog‘liq iqtisodiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Muhokama chog‘ida “yashil” iqtisodiyotga urg‘u berilgan holda Markaziy Osiyo mamlakatlarida innovatsion iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish g‘oyasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu o‘rinda ilg‘or ilmiy va sanoat texnologiyalaridan foydalanish orqali tabiiy resurslarni oqilona iste’mol qilish amaliyotini joriy etish hisobiga energiya samaradorligini oshirish ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining barqaror o‘sish modeliga o‘tishi uchun normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, bojxonaga oid va huquqiy tartibni optimallashtirish, korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi tizimli kurash olib borish, xususiy sektorni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rish muhim ekani qayd etildi.

O‘zbekistonning BMT shafeligida pandemiya vaqtida davlatlarning Xalqaro ixtiyoriy majburiyatlari kodeksini qabul qilish tashabbusi ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tomoni xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha axborot va tajriba almashish uchun Markaziy Osiyo va YeI sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda yetakchi tibbiyot muassasalarining birgalikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligiga urg‘u berdi. Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ko‘p tomonlama tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

O‘z navbatida Yevropa Ittifoqi rahbariyati vakillari O‘zbekistonning 2021 yil aprel oyida o‘zaro bog‘liqlik va barqaror rivojlanish bo‘yicha “YeI - Markaziy Osiyo” Vazirlar konferensiyasini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish, “GSP+" Preferensiyalar bosh tizimining benefitsiar mamlakati maqomini olish, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim loyihasini kelishishda erishgan yutuqlari olqishlandi.

Forum doirasida bir qator sho‘’ba yig‘ilishlari ham o‘tkazilib, mutaxassislar mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik, raqamlashtirish va barqaror ishbilarmonlik muhitini shakllantirish sohalaridagi dolzarb masalalarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Forum YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha Strategiyasini amalga oshirishga ulkan hissa qo‘shishiga va o‘zaro fikr almashish va ko‘p qirrali ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha takliflarni birgalikda ishlab chiqishda samarali platformaga aylanishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari aniqlandi, “YeS - Markaziy Osiyo” birinchi Iqtisodiy forumiga tayyorgarlik ko‘rish va anjumanni o‘tkazish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI - Markaziy Osiyo muloqoti virtual Iqtisodiy forumi o‘tkazildi