YeI energetika inqiroziga qarshi 2022-yilgi choralarni qo‘llashi mumkin
Yevropa Ittifoqi davlatlari energetika vazirlari ishtirokida o‘tgan video konferensiyada inqirozga qarshi 2022-yil joriy qilingan choralarni tiklash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Yevropa Komissiyasi energetika bo‘yicha komissari Dan Yorgensen ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakati energiya resurslari ta’minotidagi beqarorlik va narx oshishiga sabab bo‘lyapti.
Muhokama qilinayotgan mavzular qatorida elektr quvvati uchun to‘lovni cheklash, soliq yukini kamaytirish kabi dasturlar bor. Hozircha aynan qaysi choralar qayta tiklanishi masalasi ochiq.
Mulozim fikricha, hatto geosiyosiy vaziyat barqarorlashgan taqdirda ham, Yaqin Sharqdagi energetika infratuzilmasiga yetkazilgan zarar oqibati uzoq muddat sezilishi mumkin.
YeK Yaqin Sharqda harbiy amaliyot boshlangandan so‘ng, bir oy o‘tib, YeI yonilg‘i importi xarajati 14 milliard yevroga yetgan. Shuningdek, gaz narxi o‘rtacha 70, neft esa 60 foiz o‘sgan.
Eslatib o‘tish joiz, 2022-yil Yevropa davlatlari energiya kompaniyalari ortiqcha daromadiga soliq joriy qilib, tabiiy gaz narxiga cheklov qo‘ygan edi.
D.Hakimov, O‘zA