Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga o‘tish o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Yangicha formatda tashkil etilgan mazkur musobaqaning qo‘shimcha pley-off bosqichida ishtirok etayotgan 16 jamoa o‘rtasidagi bellashuvlarning dastlabki to‘rtta juftlik o‘yinlari orasida “Manchester Siti” va “Real Madrid” to‘qnashuvi shubhasiz markaziy bahs bo‘ldi. 

Garchi “Manchester Siti” tarkibida  hamyurtimiz Abduqodir Husanov zaxirada qolgan bo‘lsa-da, o‘zbek futbol muxlsilari uchrashuvni katta xayajon bilan kuzatdi.  

Mazkur to‘qnashuvda Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Real Madrid” safarda “Manchester Siti” ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi.  

Uchrashuvning 19-daqiqasida norvegiyalik hujumchi E.Holand jamoadoshi Gvardiolning uzatmasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Kilian Mbappe hisobni tenglashtirdi.  

O‘yinning 80-daqiqasiga kelib Dani Sebalios Fil Fodenga nisbatan qoida buzib, penaltiga sababchi bo‘ldi. Ushbu imkoniyatdan Holand muvaffaqiyatli foydalandi va yana bir bor klubini oldinga olib chiqdi. Biroq, oradan 6 daqiqa o‘tib, zaxiradan maydonga tushgan Braim Dias “Real” jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Jud Bellingem esa 90+3 daqiqada gol urib, ajoyib kambek orqali “Real”ning g‘alabasini ta’minladi.  

Iqtidorli himoyachimiz Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.  

Yevropa chempionlar ligasining mazkur bosqichi doirasidagi “Yuventus” hamda “PSV” o‘rtasidagi o‘yin ham qiziqarli kechdi. Ushbu uchrashuvda mezbonlar Ueston Makkenni va Samuel Mbangulaning goli evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mehmonlarning yagona goliga Ivan Perishich mualliflik qildi.  

Darvoqe, I.Perishichning ushbu goli ajoyib tarixiy voqelikka aylandi. Aniqrog‘i, “Squawka” statistika portali tomonidan bu gol “PSV” klubining Yevropa chempionlar ligasi (Yevropa chempionlar kubogi) musobaqasi tarixidagi eng yoshi katta gol muallifi, deya e’tirof etildi.  

Hozirda 36 yoshda bo‘lgan Ivan Perishich faoliyati davomida “Borussiya Dortmund”, “Bavariya”, “Inter” va “Tottenxem” kabi nomdor jamoalarda o‘ynagan. U “PSV” tarkibiga 2024 yilning sentyabr oyida kelgan va klubda 24 ta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol va sakkizta assist muallifi bo‘ldi.  

Fransiya jamoalari to‘qnashuvida “PSJ” har galgidek “Brest” ustidan yirik - 3:0 hisobida zafar quchdi. Poytaxt klubi safardagi o‘yin bo‘lishiga qaramasdan Dembelening dubli va Vitinyaning yagona goli evaziga ushbu g‘alabaga erishdi. “Sporting” esa o‘z maydonida “Borussiya D” jamoasiga 0:3 hisobida taslim bo‘ldi. O‘yindagi gollar Girassi (60), Gross (68) va Adeyemi (82) tomonidan kiritildi.  

Bugun, 12 fevral kuni “Bryugge” — “Atalanta”, “Monako — “Benfika”, “Seltik” — “Bavariya”, “Feyenoord” — “Milan” jamoalari o‘rtasidagi ilk uchrashuvlar o‘tkaziladi.  

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvlarning javob o‘yinlari 19-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeCHL: Markaziy uchrashuvda “Manchester Siti” yutqazdi