Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi.

Unda “Bryugge” o‘z maydonida “Monako”ni 4:1 hisobida taslim etgan bo‘lsa, “Kopengagen” hamda “Bayer Leverkuzen” uchrashuvi 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.  

“Etihad” stadionida o‘tkazilgan "Manchester Siti" - "Napoli" uchrashuvida 2:0 hisobi qayd etildi. O‘yinning 21-daqiqasida “Napoli” futbolchisi Jovanni Di Lorenso mezbonlar vakili Erling Holandga nisbatan qo‘pol o‘ynadi deb topildi va maydondan chetlatildi. Shu tariqa birinchi bo‘lim o‘z yakuniga yetdi. Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida E.Holand hisobni ochgan bo‘lsa, Doku 65-daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Darvoqe, hamyurtimiz Abduqodir Husanov "Manchester Siti" tarkibida to‘liq o‘ynadi.

Shuningdek, bugungi bahslarda “Sporting” — “Qayrat” 4:1,  “Nyukasl” – “Barselona” 1:2,  “Ayntraxt” — “Galatasaray” 5:1 hisoblari qayd etildi.

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasining umumiy bosqich ikkinchi tur uchrashuvlari 30 sentyabr kuni start oladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeCHL: Abduqodir Husanov jamoasi muhim o‘yinda zafar quchdi