Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Normurod Narzullayev ijodida Vatan, istiqlol, o‘zbekona an’ana va qadriyatlar, ezgulik, beg‘ubor tuyg‘ular tarannumi ustuvor o‘rin egallaydi. Ustoz shoir so‘zlari bilan kuylanuvchi qo‘shiqlar mashhur xonandalar tomonidan maromiga yetkazib ijro etilishi bilan birga xalqimizning ko‘ngil mulkiga aylangan.  

 –Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida atoqli shoir Normurod Narzullayev tavalludining 90 yilligi keng nishonlanayotgani bejiz emas, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majid. – Zero, Normurod akaning ijodida jonajon O‘zbekistonimiz, uning hurligi va obodligi, mehridaryo, oddiy odamlar bosh mavzuni tashkil etadi.  

[gallery-18499]

 –Normurod akaning juda ajoyib bir odatlari bor edi, – dedi shoir Aziz Said. – Ular tadbirlarda, anjumanlarda hammaning kayfiyatini bir zumda ko‘tarib yuborish qobiliyatiga ega edilar. Yaxshilik qilishdan charchamaydigan, bag‘rikeng, nihoyatda xushmuomala, mehribon inson edilar. Kimningdir ko‘makka muhtojligini bilib qolsalar, so‘rab ham o‘tirmasdan  qo‘llaridan kelganicha yordam qilib yuboraveradigan darajada olijanob inson edilar. Ularning bu fazilatlari hozirgi ijodkorlar uchun chin ma’noda ibratdir.  

 –  Shu tadbirga yig‘ilganlarning aksariyati Normurod akani bugun yana bir bor o‘zicha kashf etgani aniq, – dedi taniqli telejurnalist Muhabbat Hamroyeva. – Yaqinda televideniyeda “Unutmoq osonmas” nomli katta bir ma’rifiy loyihaga qo‘l urdik. Ustoz Xurshid Davron tavsiyasi bilan Normurod Narzullayev haqida film yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Tabiiyki, bu bizga katta mas’uliyat yuklaydi. Normurod akadek ijodkorning samimiy, oqko‘ngil, chin ma’nodagi daryodil inson ekanini oddiy  muxlislar ham yaxshi bilishiga o‘zimiz ham guvoh bo‘ldik. Inson jisman bu dunyoni tark etishi mumkin, lekin u ruhan doim tiriklar orasida bo‘ladi. Zero, “O‘ldi – ketdi, demanglar, eslaganda tirikmiz!” deb bekorga aytmagan shoir.    

 –Otam hayotda armoni yo‘q inson edilar, – dedi shoirning qizi Norhol Narzullayeva. – Muhabbatga asoslangan oila, farzandlari, nevaralari qurshovida edilar. Ollohdan u kishiga katta iste’dod ato etilgan edi. Otamning eng katta g‘ururi – xalqdan, oddiy oiladan chiqqanlari bilan juda faxrlanardilar.  

 Adabiy anjumanda Normurod Narzullayev odamlardan faqat va faqat ezgulik qidirgan, insonni mudom ulug‘lovchi, otashqalb shoir, dilbar she’rlari bilan xalqimiz qalbidan o‘rin olgan ijodkor ekani alohida e’tirof etildi.  

 Normurod Narzullayev 1934 yil 7 iyulda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida tug‘ilgan. Oxunboboyev nomidagi Qarshi pedagogika bilim yurtini (1948), Samarqand pedagogika institutining til va adabiyot fakultetini tugatgan (1956). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari (1974), shu uyushmada kotib (1976—81), «Yosh gvardiya» nashriyotida bosh muharrir (1981), «Kamalak» nashriyot-matbaa birlashmasining bosh muharriri (1991-96), shu nashriyot direktori (1996-97), «Yangi asr avlodi» nashriyot-matbaa markazida bosh muharrir (1997 yildan) bo‘lib ishlagan.  

 Shoirning ijodiy faoliyati 1954 yildan boshlangan. Ilk she’riy to‘plami — «Suyunchi» (1965). Normurod Narzullayev «Zarafshon zarlari» (1970), «Ufqlarda ko‘zlarim» (1973), «Lahza va larza» (1973), «Yog‘du» (1974), «Nigohlar» (1976), «Sevgi sehri» (1981), «Yaxshilik deb yashayman» (1987), «Anik vaqt» (1989), «Qalbim qatralari» (1994), «Oq farishtam, oppoq farishtam» (1995) va boshqa she’riy to‘plamlar muallifi. «Amir Temur haqida qo‘shiq» asari tarixiy mavzuga bag‘ishlangan.  

  Normurod Narzullayevning bolalarga atab yozgan «Vatan seni erkalab» (1966), «Shamol ushlagan bola» (1985), «Bosh maydon» (1990) asarlari bolalar dunyosi, ularning beg‘ubor olami haqida. Normurod Narzullayev asarlarida zamon va makon birligi, dunyo va davr tushunchasi ulug‘lanadi, yuksak fuqarolik, samimiyat, burchga sadoqat, Vatanga muhabbat, jonajon o‘lka tabiatiga maftunkorlik tuyg‘ulari yetakchi o‘rinni egallaydi. Normurod Narzullayevning ko‘p she’rlari qo‘shiqqa aylangan.  

Dunyo adabiyotining G.Geyne, Ye.Yevtushenko, Q.Quliyev, I.Yusupov singari taniqli namoyandalari asarlaridan tarjimalar qilgan.  

Otashnafas shoir O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1984), «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1998). O‘zbekiston xalq shoiri (2002) unvoniga sazovor bo‘lgan edi.  

Tadbirda shoirning hayoti va ijodi haqida so‘z bordi. Taniqli san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari yangradi.  

Nazokat Usmonova,  

Oybek Pardayev (surat),  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaxshiliklar qilib charchamagan ijodkor yodi