Ustoz duosi

Ustoz duosi

Xotira uygʻonsa goʻzaldir. Zero, yaxshi insonlar eslanganda yurak poklanadi, xayolingizga u bilan bogʻliq iliq xotiralar keladi. “Ustoz duosi” ruknida shoir Otayor (Otayor Nahanov) bilan bogʻliq lavhalarni uning doʻstlari va shogirdlarining yorqin xotiralarini taqdim etmoqdamiz.

YURT

Koʻksingga bosh qoʻyib, suyub
Aylay, Vatan, izhori dil.
Ruxsoringga toʻyib-toʻyib
Rizo koʻngil, rizo koʻngil!

Desam, senga fidodir jon,
Koʻngil toʻymas bu ahdimdan.
Boshginangda boʻlib osmon
Alqay Vatan, alqay Vatan!

Yoʻlim tushsa yiroqlarga
Vasling qoʻmsab kezgan kezim,
Barham berar firoqlarga
Sening isming, sening isming!

Dunyo boʻlib quchganda ishq,
Quvontirsa koʻzimni shaʼn,
Men sel boʻlib aytay qoʻshiq –
Oʻzingdirsan, oʻzingdirsan!

Seni jondan ortiq sevsam
Havoyimas aytar soʻzim:
Vatan, sensan sigʻinganim –
Qaro koʻzim, qaro koʻzim!
Otayor

Oʻktam MIRZAYOR, shoir: ezgulikka baxshida umr

Otayor Nahanov (OTAYOR) Samarqand viloyatining Narpay tumani Qoraxitoy qishlogʻida 1947-yil 19-yanvarda tavallud topgan. Oilada yolgʻiz oʻgʻil boʻlsada, mehnatkash, doim oʻqish-izlanishga moyilligi bilan boshqa tengdoshlaridan ajralib turardi. Onasi rahmatli Karomat momoning dasta-dasta sheʼrlar bitilgan daftarlarini koʻrganman. Ular odamgarchilik, doʻstlik, oʻgʻliga tilaklar kabi mavzularda boʻlardi. Umri oʻtgan asrning 30-70 yillarida yashagan har qanday inson uchun, Narpay tumanida istiqomat qiladigan xotin-qizlar uchun oʻsha davrlarda kitobxon boʻlish, sheʼrlar yozish kamyob hodisa edi. Otasi Ibrohim bobo Nahanov Zirabuloq paxta zavodida ishchi, opa-singillari oʻqituvchi, turli kasb egalari boʻlib kamol topgan. Ular ham akalarining koʻnglini zabt etgan adabiyotga oshno boʻlib yashamoqda.

Narpay, deganda, avvalo, odamlarning koʻz oʻngiga xalqimizning buyuk baxshilaridan biri Islom shoir Nazar oʻgʻli keladi. Birgina Islom shoirning quvvai hofizi hududda ijodga ixlosmand qancha-qancha odamlarga ilhom bagʻishlagan. Ularning sanogʻi yoʻq. Narpayliklarning tabiatida boshqa joylarda kam kuzatiladigan naqlchilik, hajvga moyillik zohir. Oʻz-oʻzidan quyilib keladigan satrlarda biror bir qiziq hodisaga munosabat, qochirim ufurib turadi. Masalan, urush davrida Zirabuloq temir yoʻl stansiyasidan yarador, qoʻlsiz, oyoqsiz qaytgan odamlarning nihoyatda koʻpligi, aholining nochorligi quyidagi ikki-uch misradayoq oʻz zuhurini topgan. “Bundan bordim Zirabuloq, Odamlari bari choʻloq. Echkilari bari uloq”. Bu uchlikni kim, qachon aytganini hech kim bilmaydi. Demak, fikrlarni uchlikda ifodalash oʻzimizda ham azaldan boʻlgan ekanda?! Afsuski, bu mavzular tadqiq qilinmagan. Narpayga yondosh Kattaqoʻrgʻon shahrida ruslar bosib olgan davrlarda ham qamoqxonalar boʻlgan. Nomaʼlum shoir buni ham sheʼriy misrada quyidagicha tasvirlagan: “Bundan bordim Katta Qoʻrgʻon, odamlari chapdan turgʻon, toʻrt tomonda toʻrtta mergan. Koʻzlaganning ketidan urgan”. Garchi bu ifodalar bugungi nuqtayi nazardan yalongʻochroq, qoʻpolroq tuyulsa-da, xalq ijodiyotining termalar shaklida voqelik mukammal ifodalangani bilan ahamiyatlidir.

Otayor aka ana shunday odamlar orasida yashagan. Maktab oʻquvchiligi davridayoq qadamni kattaroq olib, Alisher Navoiy asarlarini oʻqishga, zamondosh shoir va yozuvchilarning ijodiy mahsulotlaridan bahramand boʻlishga astoydil kirishgan. Uning oʻsha paytda mashhur boʻlgan Uygʻun qalamiga mansub “Alisher Navoiy” spektaklidan Alisher monologini maktab sahnasida shu darajada berilib ijro etganini haligacha u kishini bilgan doʻstu yorlari aytib yurishadi. Albatta, shoirni muhit tarbiyalaydi. Islom shoir Nazar oʻgʻlining ijodiy taʼsiri, shoir yashab oʻtgan davrdoshlarining tabiatidagi topqirlik ajabmaski Otayor akaning ham qoʻliga qalam olib, ijod boʻstoniga chogʻlagan boʻlsa. Orzu havaslar uni poytaxtga, Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga boshlab keldi. U mehnat faoliyatini talabalik yillaridayoq “Toshkent oqshomi” gazetasida boshladi. Uzoq yillar “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida sanʼat boʻlimida avval adabiy xodim, soʻngra boʻlim mudiri lavozimlarida ishladi.

Otayor shoir sifatida elu yurt orasida nom qozona olgan ijodkorlardan. Uning tengdoshlari Abdulla Sher, Amirqul Poʻlkan, Mirpoʻlat Mirzo, Muhammadali Qoʻshmoqov, Tilak Joʻra, Asqar Qosimov, Shavkat Rahmon, Muhammadjon Rahmon, Saʼdulla Ahmad, Sulaymon Rahmon kabi oʻz davrining badiiy soʻz ustalari edi. Ustoz Mirtemirning ularni “Kipriklarim” deb ataganida ham bir olam maʼno bor. Otayorning birinchi sheʼriy toʻplami “Ishqim bayoni”ga Mirtemir domlaning kamarbasta boʻlgani, keyinchalik “Lolarang ertak”, “Oʻsha koʻzlar”, “Oq fasl” kabi sheʼriy toʻplamlari, Mirtemir domlaning ijodi va faoliyatiga bagʻishlangan “Quyoshni koʻrgani keldim” essesi oʻquvchilar orasida mashhur boʻldi. Ushbu kitob ikki marta nashrdan chiqarildi. Otayor publitsist sifatida ham yaxshigina nom qozondi. Uning “Odamlar orasida yashayman”, badiiy publitsistik asari, bolalar uchun yaratgan qator multiplikatsion filmlari, oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilingan Eston yozuvchisi Anton Xamsin Tammsaarening “Doʻzaxdan chiqqan yangi shayton” romani, bolalar uchun Karilo Fin xalqlari eposi “Kalivala” kitobxonlarga manzur boʻlgan nashrlardan. Ushbu nashrlar hozir ham qayta chop etilsa, adabiyotimizning xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xolis xizmat qiladi, deb oʻylayman.

Otayor mahoratli jurnalist sifatida mamlakatimizda oʻtkazib kelinadigan xalqaro kinofestivallarni yoritishda, tashkil etishda faollik qilar, oʻzi ham kino sanʼati targʻibotiga bor bilim va imkoniyatini safarbar qilardi.

Xalq ogʻzaki ijodining jozibasi, xalq dostonlarining sehrli olami Otayor shuurini bir dam boʻlsa-da tark etmadi. Uning tarjimayi holida shunday oʻchmas satrlar bor: “Otayor Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Folklor kengashi raisi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritar ekan, Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarini kezib chiqdi. Islom shoir, Bola baxshi, Yodgor baxshi, Umarqul Poʻlkan, Chori baxshi Xoʻjamberdi oʻgʻli, Qodir baxshi Rahim oʻgʻli kabi taniqli baxshilarning faoliyati toʻgʻrisida tadqiqot maqolalar yozdi”. Shuningdek, u taniqli yozuvchi, publitsist Oʻrol Oʻtayev bilan hamkorlikda uning ijod namunalarini Oʻzbekiston televideniyesi orqali elga tanitdi, targʻib qildi. Radioovozlarini yozib oldi. “Islom shoir zamondoshlari xotirasida” toʻplamini oʻquvchilarga havola etdi.

Otayorning milliy adabiyotimizni rivojlantirish oldidagi yana bir ibratli xizmatlari yosh ijodkorlarga boʻlgan mehri edi. U mamlakatimizning qaysi burchagida shoir yoki yozuvchi boʻlaman, deb qoʻliga umid bilan qalam olgan iqtidorni koʻrsa, albatta uni yetaklab, tahririyatlar eshigiga boshlab kelishdan erinmasdi. Qozogʻistonda yashab ikki tilda birday ijod qiladigan taniqli shoir Abdurahim Piratov: “Otayor aka meni oʻz farzandiday yetaklab, tahririyatlarga boshlab borar, adabiy davralarga meni tanitardi. Ijodiy qoralamalarimni oʻzi bosh boʻlib, “Yoshlik”, “Oʻzbekiston madaniyati” (hozirgi “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”) gazetalarida chop ettirgan. Shu bois, ustozning nomi qonimda oʻz akamday saqlanadi. Farzandlari bilan hamon oilaviy bordi-keldimiz bor” deya eslaydi.

Taniqli shoira Zulfiya Moʻminova ham yurtdoshi – Otayor akaning mehridan bahra olgan insonlardan. U: Otayor aka, men tanigan, bilgan shoir va yozuvchilar orasidagi halol va hokisor odamlardan biridir, balki, yagonasidir. Mening elga tanilishimda Otayor akaning maslahatlari, yoʻl-yoʻriqlari foydali boʻldi. Har gal u kishini eslasam, “joylari jannatdan boʻlsin”, deb duo qilaman. Haqiqatdan ham saxovat, rahmdillik borasida barchaga oʻrnak boʻlarli xislatlarga ega, jannati odam edi”.

Otayorning ijodkor sifatida elu yurt madaniy hayotiga qoʻshgan hissasi 1993-yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlandi.

Otayor uzoq davom etgan ogʻir kasallikdan soʻng, 2001-yil yanvar oyida hayotdan koʻz yumdi. Ammo uning ortda qoldirgan ijod mahsullari shoirning ikkinchi umri boʻlib, uning nomini el orasida saqlab turibdi. Oxiratlari obod boʻlsin!

Abdulla ShER, shoir: “Otayor – yelkadosh doʻstim edi”

Otayor bilan inson umrining oltin davri, deya eʼtirof etiladigan goʻzal navqironlik onlarimiz, talabalik yillarimiz birga oʻtgan. U bilan hamxona boʻlganmiz. Oʻsha vaqtlarda davlatning paxtasini talabalar terib berardi. Bir yili ular paxtaga ketdi, men gazetada ishlaganim uchun paxtadan ozod qilingan edim. Otayor kursdoshlar bilan hasharga krovatini koʻtarib zavqli paxta dalasiga ketgan edi. Qaytishda krovatni sindirib qaytgan. Soʻng yotoqxonada ancha vaqt bitta krovatni almashib uxlagandik...

Yoshlikda oʻzimizga yarasha orzularimiz, oldimizga qoʻygan ulkan maqsadlarimiz bor edi. U vaqtlar togʻ kelsa yemiradigan, suv kelsa simiradigan, qonimiz qaynoq, bilagimiz kuchga toʻla damlar edi. Talabalik yillarida oʻzimizning ideologiyamiz ichra yashadik, xayolimizda jamiyatda tub oʻzgarishlar qilishga intildik. Ijodkorona maqsadlar qilib, har bir masalaga shoirona yondashmoqchi boʻldik.

Otayor millatparvar shoir edi. U vatanimizni boshqacha sevardi. Bu haqda uning sheʼriyati ham soʻzlaydi. U vaqtlarda ijodkorlarda boshqacha ruh bor edi. Vatanimiz ozod emas, biz mustamlaka yurtdamiz degan fikrlar, qalam ahliga tinchlik bermasdi. Hatto bir gap aytsam ishonmassiz, biz juda romantik edik. Oʻrtoqlarimiz bilan 1967-yil “Oʻzbekistonni ozod qilish” tashkilotini tuzganmiz. Oʻzimizcha Vatanimiz uchun bir nimalar qilgimiz kelardi. Rahmatli Asqar Qosimov ismli ori, soʻzi va oʻzi baland shoir doʻstimiz boʻlardi. U shunchalar Oʻzbekistonning mustaqil boʻlishini xohlardiki, natijada shu sabab ruhiy kasal boʻlib qoldi, koʻp oʻtmasdan vafot etdi. Asqar Qosimov, Ergash Muhammad, Saʼdulla Ahmad va Otayorlar bilan, oʻylab qarasak, Oʻzbekistonni ozod qilish bizga emas ekan. Soʻng biz adabiyot orqali shuni qilishga iltildik. Soʻz, ijod erkinligi orqali adabiyotda muqim oʻrnashishga urindik. Ijod olamida erkinlikning, hur fikrlilikning shabadalari esishi uchun kurashdik.

Otayor ustoz Mirtemir bilan ustoz-shogird tutingandi. Bir-biriga boʻlgan mehri, hurmati baland edi. Otayor Mirtemirga atab biografik roman yozdi, oʻgʻlining ismini ham Mirtemir qoʻyganini uning ustoziga boʻlgan hurmati, deb bilaman...

Otayor tirishqoq, harakatchan va izlanuvchan edi. Shu sababdan ham gazeta va jurnallarda tez-tez chiqishlar qilardi. Oʻnlab kitoblari, esse va ocherklar toʻplami nashr etilgan. Tarjimada esa oʻzining ajoyib yoʻnalishini yaratgandi. U bir ishni boshladimi tugatib qoʻyishni, oxirigacha bitirishga harakat qilardi. Ammo qisqa umr koʻrdi, oʻziga berilgan umrni mazmunli oʻtab ketgani rost, ammo bugun javlon urib qalam tebratish mavridi kelganda uning oramizda yoʻqligi bizni ancha afsuslantiradi...

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaxshi insonlar har on eslanadi