Yaxna choy idishdagi giyohvand modda
Tezkor tadbir davomida “Tramadol Lannaxer 50 mg.” yozuvli tarkibida giyohvand modda boʻlgan 75 konvalyuta jami 746 ta tabletka fuqaro R.R.ga tegishli ekanligi maʼlum boʻldi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda Toʻrtkoʻl tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Giyohvand vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish maqsadida oldindan olingan maʼlumotlar asosida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Toshkent-Nukus” magistral yoʻlida harakatlanayotgan fuqaro A.A boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, kabina ichida 2 dona yaxna choy idishiga yashirilgan “Tramadol ” dori vositasi borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida “Tramadol Lannaxer 50 mg.” yozuvli tarkibida giyohvand modda boʻlgan 75 konvalyuta jami 746 ta tabletka fuqaro R.R.ga tegishli ekanligi maʼlum boʻldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.